Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğiston xalqiga murojaati

Foto2-iyul, 2022, 21:121 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari va faollari bilan uçraşuvda xalqimizga murojaat qildi:

"Aziz vatandoşlar!

Hurmatli Qoraqalpoğiston xalqi!

Maʼlumki, şu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça umumxalq muhokamasi davom etmoqda.

Albatta, konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimizning bugungi va kelajak hayoti uçun ğoyat muhim ahamiyatga ega bölgan masaladir.

Muhokamalarda köpmillatli xalqimiz özining köplab taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.

Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi eʼlon qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan ötkaziladi. Şundan söng fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar asosida Qonunçilik palatasi tomonidan takomiliga yetkaziladi.

Keyin esa mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi referendumiga qöyilib, fuqarolarimiz erkin ovoz beriş orqali özlarining bu masala böyiça xohiş-irodasini ifoda etadi.

Şundan keyingina Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalar qonuniy tusga kiradi".

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek