Konstitutsiyaga özgartiş va qöşimçalar kiritildi

Matn6-mart, 2019, 14:381 daqiqa0 koʻrish

​​Konstitutsiyaga özgartiş va qöşimçalar kiritildi

Şavkat Mirziyoyev hukumatni şakllantiriş tartibi demokratlaştirilişi va uning masʼuliyati kuçaytirilişiga oid qonunga imzo çekdi. Qonunning rasmiy matni «Xalq sözi» gazetasida eʼlon qilindi.

Mazkur qonunga binoan, ayrim qonun hujjatlariga, xususan Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Bu Konstitutsiya qabul qilingan keyin kiritilgan 12-özgartirişdir. Özgartirişlar quyidagiça:

👉 Oliy Majlis Qonunçilik palatasining mutlaq vakolatlari yana bittaga köpaytirildi hamda 79-modda «Boş vazirning taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni keyinçalik ularni Prezident tomonidan lavozimlarga tasdiqlaş uçun körib çiqiş va maʼqullaş» vakolati bilan töldirildi.

👉 Prezident vakolatlari belgilangan 93-moddaning 11-bandida «Boş vazir taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tasdiqlaş va lavozimlaridan ozod qiliş» nazarda tutilgan edi. Endilikda mazkur moddaga qöşimça kiritilib, Boş vazir Oliy Majlis Qonunçilik palatasi maʼqullaganidan keyingina taqdim kiritişi nazarda tutildi.

👉 şunga öxşaş özgariş Vazirlar Mahkamasiga bağişlangan 98-moddaga ham kiritildi. Unga köra, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Boş vazir taqdimiga binoan Prezident tomonidan tasdiqlanişi nazarda tutildi.

Xullas, Konstitutsiyaga kiritilgan 3 ta kiçik özgartirişlarning barçasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni körib çiqiş va maʼqullaşga taalluqlidir.

Yodingizda bölsa, uşbu taklif ötgan yili 28-dekabr kuni Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yöllagan Murojaatnomasida aytilgan edi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek