XMTning 144-sonli konvensiyasi ratifikatsiya qilindi

Matn5-mart, 2019, 17:441 daqiqa0 koʻrish

XMTning yana bitta xalqaro konvensiyasi ratifikatsiya qilindi

Şavkat Mirziyoyev keça «Xalqaro mehnat taşkilotining xalqaro mehnat normalari qöllanilişiga kömaklaşiş uçun uç tomonlama maslahatlaşuvlar töğrisidagi 144-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonunni imzoladi. Qonunning rasmiy matni «Xalq sözi» gazetasida eʼlon qilindi.

144-sonli konvensiya jahonning 139 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan (tan olingan), xususan, MDH davlatlari orasida Armaniston, Belorus, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston şular jumlasidandir.

Mazkur konvensiyaning qabul qilinişi majburiy mehnatga qarşi kuraş doirasida Özbekistonning ijobiy imidjini yanada oşiradi va tez orada paxta sanksiyalarini butunlay bekor bölişiga zamin yaratişi kutilmoqda.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek