Ustozga bölgan yuksak hurmat namunasi
Ustozga hurmat
Tarjimon Mavlon Marasulov Feysbukda şunday yozyapti:
«Rahmatli Omonulla domladan dars olganman. Özbek tili va adabiyotining çinakam bilimdoni va jonkuyari edilar. Bir kuni: ustoz, nega fan nomzodi bölgança qolgansiz, doktorlikni himoya qilmagansiz, deb söraganimda, ularning bergan javoblari meni lol qoldirdi.
Ustoz aytdilar:
«Bizni avloddagi köpçilik adabiyotşunoslar Ozod akani (marhum buyuk olim Ozod Şarafiddinov) şogirdi edi, ularga hurmat yuzasidan doktorlikka intilmaganmiz, çunki Ozod aka ham fan nomzodi bölganlar xolos, u kişidan ötişni xohlamadik» deb ustozlariga bölgan samimiy hurmatlarini bildirgandilar.
Mana şunday buyuk insonlar oramizda yaşab, bizga ustozlik qildilar. Oxiratlari obod bölsin»
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

