Kiriş imtihonlari va abituriyentlarning bilim darajasi

Matn5-mart, 2019, 11:232 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzКоррупция ва шаффофлик ўз йўлига, аммо минг афсуски ёшларимизнинг ўзи жуда билимсиз бўлиб кетган. Видеода фактлари билан айтганман. Халқ таълимини кучайтирмаса…

Yuqoridagi video 👆 ötgan yili 1-avgust kuni efirga uzatilgan «Blogerlar klubi» körsatuvidan parça edi. Senatdagi qömita raisi ham ayni şunga öxşaş fikrlarni bayon qilibdi.

Ançadan buyon bu gapni aytib kelaman, kiriş imtihonlari tizimini har qança yomonlamaylik, korrupsiya uçiga çiqqan edi, deya har qança dod-voy qilmaylik, ammo ming afsuski, yoşlarimizning özini bilim darajasi ançayin sayoz bölib ketgan. Ötgan yillar davomida ham çin dildan öqigan abituriyent istalgan OTMga bemalol öqişga kira olgan. Va bundan keyin ham şunday böladi.

Kiriş imtihonlari adolatsiz bölgan, deydiganlarning fikrini inkor qilmayman, ha, bu rost, ammo bu faktor past ball abituriyentlarga özini oqlaş huquqini bermaydi. Öqiş kerak, faqat öqiş kerak. Siz bilimni şunday özlaştiringki, heç kim eʼtiroz qila olmasin, heç kim oyoğingizdan torta olmasin. Bu juda unaqa qiyin iş emas, çin dildan xohiş bölsa kifoya.

Xulosa şundaki, ötgan yildan buyon joriy etilgan hamda şaffoflik sari katta qadam taşlangan tizim kuçli bilimga ega abituriyentlarni tanlaş imkoniyatini bermaydi, çunki unaqalar avval ham qiynalmasdan talaba bölişayotgan edi (byudjetga kiriş imkoniyatini beradi lekin). Şaffof tizim bizga “birçilar” örniga (“ikkiçilar” ham emas) örtamiyonalarning öqişga kirişiga imkon yaratadi, çunki avvalgi yillarda korrupsiyaning urçiganligi hisobiga aynan örtamiyonalar köproq jabr körar va ularning örniga ismini ham yozolmaydiganlar talaba bölar edi. Har holda şuning özi ham katta natija bölyapti, menimça.

Bor umidimiz xalq taʼlimi tizimining “tirilişidan”, kelajak uçun boşqa najot körmayapman...

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek