Çiroqçida uç egizakning otasiga Spark sovğa qilindi
Çiroqçida tuğilgan Şavkat, Miromon va Mirziyolarning otasiga Spark berildi
Yodingizdami, kanalim orqali Çiroqçi tumanida dunyoga kelgan hamda Şavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qöyilgan uç nafar egizak haqida xabar bergandim.
Daryo.uz naşrining xabar berişiça, egizaklarning otasi Şerzod Döstmurodovga Prezident sovğasi — Spark maşinasi sovğa qilinibdi.
Prezident sovğasini bugun, 4-mart kuni viloyat hokimligi vakillari va tuman hokimi Rustam Jöraqobilovlar tantanali ravişda topşirgan.
«Töğrisi bu men uçun qöşaloq bayram böldi, — deydi egizaklarning otasi Şerzod Döstmurodov. – Bugun xonadonimizda töy. Bizdek yoş oilalarni qöllab-quvvatlayotgani uçun Prezidentimizga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Viloyat hokimimiz Zafar Röziyevga ham rahmat. Nasib etsa farzandlarim el koriga yaraydigan insonlar bölib yetişadi».
Eslatib ötaman, Döstmurodovlar xonadonida farzandlar soni jami 7 nafarga yetdi. Avvalgi farzandlarning tuğiliş tarixi juda qiziq, buni mana bu yerdan öqib körişingiz mumkin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
