Darsliklar va test savollari masalasiga aniqlik kiritildi

Matn4-mart, 2019, 17:322 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Darsliklar masalasiga aniqlik kiritildi

Yuqoridagi postni 👆 10-yanvar kuni yozgan ekanman.

«Repetitor» gazetasi uşbu masalaga oydinlik kiritiş uçun Davlat test markaziga murojaat qilibdi va qayta-qayta berilgan savollarga DTM direktori Majid Karimov quyidagiça javob beribdi:

«Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va 11-sinf bitiruvçilari uçun alohida-alohida variantlar tuzilmaydi. Amaliy jihatdan buning iloji yöq. Variantlar barça abituriyentlar uçun mos keladigan maʼlumotlar asosida şakllantiriladi. Testlar şunday maʼlumotlar asosida tuziladiki, natijada biror abituriyentda darsliklar masalasida eʼtiroz tuğilmaydi. Savollar “staj”li va bu yil bitirayotgan abituriyentlarga taniş öquv dasturlari hamda ular örganişi zarur bölgan maʼlumotlar böyiça şakllantirilişi kafolatlanadi».

Demak, DTM tanlagan usul men taxmin qilgan 2-variantga töğri kelar ekan. Ha, haqiqatdan bu ança qulay va dahmazasi kam usul edi, buni tepada ham yozgandim. Boz ustiga bu usul ançayin adolatli ham.

Xullas, darsliklar atrofidagi vahimalar va asoslanmagan qörquvlarga barham bersa ham böladi. Xoh maktab öquvçisi böladimi, xoh akademik litsey öquvçisimi, farqi yöq, test savollari özi öqigan darsligida yozilgan maʼlumotlar asosida tuşadi. Abituriyentlar begona maʼlumotlarga duç kelmaydi (har holda şunday deb umid qilamiz).

Lekin bir savol baribir oçiq qoladi:

Inson xatodan holi emas, aytaylik, texnik xatolik bilan umumiy bölmagan maʼlumot asosida test savoli tuzildi deylik. Yaʼni savoldagi fakt faqat akademik litsey darsligida bor, lekin maktab darsligida yöq. Agar uşbu savol maktabni tugatgan abituriyentga tuşsa, u notöğri javob bersa va keyinçalik apellyatsiyaga kirsa hamda haqiqatdan bu fakt maktab darsligida yöqligini isbotlab bersa, unda apellyatsiyada bu masala qanday hal etiladi? Unga taalluqli bölmagan darslikdan savol tuşgani uçun abituriyentga ball qöşib beriladimi? Yoki şunçaki uning bu mazmundagi apellyatsiyasi inobatga olinmaydimi?

Mana şuni hozirdan huquqiy jihatdan aniqlab ketiş kerak.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek