DTM tasdiqlangan darsliklar röyxatini özgartirdi

Matn15-noyabr, 2018, 21:282 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yana darslik masalasida

Bugun bir guruh öqituvçilar murojaat qilib, Davlat test markazining saytidagi "Tasdiqlangan darsliklar röyxati" sahifasida röyxat özgarganligi va öqiş uçun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar olib taşlanganini aytişdi.

Kirib tekşirib körsam, haqiqatdan röyxat özgartirilibdi.

Öşa kuni bejizga söramagan edim, "bu oxirgi röyxatmi işqilib, keyin özgarmaydimi?" deb. Mana, xavotirim öz tasdiğini topib, röyxat negadir özgarib qoldi.

Savol tuğiladi: agar darsliklar röyxatidan badiiy adabiyotlar olib taşlangan bölsa, unda endi ularni öqiş şart emasmi? Yoki birozdan keyin röyxat yana özgarib, yana badiiy adabiyotlar paydo bölib qoladimi?

Va yana baʼzi savollar:
"Tasdiqlangan darsliklar röyxati" deyilyapti, kim (qaysi taşkilot) tasdiqlagan özi?
Qanday körinişda: buyruqmi, farmoyişmi, protokolmi?
Imzo yoki muhr bormi?
Bu röyxatning huquqiy asosi qayerda?
Umuman, test savollari tuziladigan darsliklar röyxatini tasdiqlaşning qonuniy mexanizmi mavjudmi?

DTM istalgan payti heç kimga aytmasdan saytidagi röyxatni özgartirib qöymasligi uçun, abituriyentlar qölida birorta huquqiy asos bölsa yaxşi bölardi-da.

Eslatib ötaman, kuni-keça kanalim orqali darsliklar masalasida savollar eʼlon qilganimdan söng, DTM ertasi kuni öz saytida uşbu savollarga rasmiy munosabat bildirgan edi. Öşa munosabatida quyidagiça sözlar ham bor edi:

"Joriy yilda test sinovlariga tayyorgarlik körişda foydalanişga tavsiya etilgan darsliklar bilan birgalikda öquv dasturlarida örganiş nazarda tutilgan ayrim badiiy adabiyotlar keltirilgan. Test topşiriqlari ham uşbu badiiy adabiyotlardan tuziladi, mazkur abadiyotlarni töliq öqib çiqiş tavsiya etiladi."

Bugun esa badiiy adabiyotlar röyxati yöqolib qoldi. Qiziq... Kutaylikçi, kimdir tuşuntiriş bersa kerak har holda.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek