Majburiy obuna balosi va ixtiyoriy mutolaa

Matn15-noyabr, 2018, 12:172 daqiqa0 koʻrish

Majburiy obuna balosi

Majburiy obuna haqida gap ketar ekan, eng avvalo bir narsa qayta va qayta taʼkidlaşni istar edim. Köproq öqiş kerak. U xoh kitob bölsin, xoh gazetayu jurnal, u xoh qoğozda çop etilgani bölsin, xoh elektron variantda, farqi yöq, mutolaaga oşno böliş kerak. Men doim köproq öqiş tarafdori bölib kelganman va bundan keyin ham şu prinsipimda qolaman.

Ammo majburiy obuna – bu umuman boşqa mavzu. Erkin va ozod insonni qonunda körsatilmgan heç narsaga majburlaş kerak emas. Majburiy mehnat, majburiy obuna, majburiy yana bir narsalar öz ortida qançalik ezgu maqsadni közlamasin, baribir noqonuniy iş!

Kuz keldi degunça, 2 ta savol juda köp takrorlanadi: paxta majburiymi, obuna majburiymi?

Paxtaniku bildingiz, köp va xöb gapirildi. Xöş, obunaçi?

OBUNA MAJBURIY EMAS!

HEÇ KIM SIZNING ROZILINGIZNI OLMASDAN OYLIK IŞ HAQINGIZDAN, STIPENDIYANGIZDAN, PENSIYA YOKI NAFAQA PULINGIZDAN OBUNA UÇUN UŞLAB QOLIŞIGA HAQQI YÖQ!

Faqat özingiz xohlasangizgina biror naşrga obuna bölişingiz mumkin. Agar obunaga rozi bölmasangiz, biror hujjatga imzo qöymang (sababi köp joylarda aldab, qörqitib, yalinib imzo qöydirib olişadi).

Majburiy obuna mavzusi haqida gap oçilsa, ayrim gazetçilar darrov "Matbuotga qarşimisan?" deb hujumga ötişadi. "Majburiy obuna yöqolsin!" degan sözlarni "Gazetalar yopilsin!" deb öqişadi. Vaholanki, unday emas. Men gazetalarga qarşi emasman. Ularning umri boqiy bölsin, gullab yaşnasin. Menga qolsa kuniga 2 mahal çiqadigan gazetalar paydo bölsin, marhamat. Bundan faqat xursand bölaman. Lekin bularning barçasi ixtiyoriylik asosiga qurilişi kerak, majburlab sotiş evaziga emas.

Xullas, qaysidir naşrga özgalarning roziligisiz halol işlab topgan pulidan MAJBURAN uşlab qoliş – talonçilikdan boşqa narsa emas! Iltimos, talonçilik qilmanglar. Xodimlarni tinç qöying, ularning iş haqiga köz olaytirmang. Siz zör gazeta çiqarişni boşlang, odamlar özi kioskalarni qidirib, topolmay qolsin, rosa qölma-qöl, talaş bölib ketsin. Mana bu haqiqiy matbuot! Mana bu haqiqiy adolat!

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek