IMEI-kodlarga oid yangi tartib noqonuniy joriy etilgan
❗️IMEI-kodlarga oid yangi tartib noqonuniy joriy etilgan
Yodingizda bölsa, keça IMEI-kodlari böyiça yangi tartib joriy qilingani haqidagi xabarga izoh bera turib, "nahotki Vazirlar Mahkamasi qaroriga özgariş kiritilgan bölsa?" deya bu tartibning qonuniyligini şubha ostiga olgan edim.
Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining bergan bayonotidan keyin uşbu yangi tartib noqonuniy joriy etilganiga 100% amin böldim.
Vazirlik yoki xalqni qonunçilikni yaxşi tuşunmaydi deb öylaydi, yoki özlari yaxşi tuşunmaydi.
Holatni tuşuntiraman:
Bayonotda aytilişiça, Vazirlar Mahkamasi qarorida vazirlik uşbu yönalişda normativ-huquqiy bazani yaratiş va takomillaştiriş böyiça vakolatli organ deb belgilangan. Şu sababli «Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi» DUK, yaʼni tizim operatori IMEI-kodni röyxatdan oliş tartibiga özgariş kiritgan. Eʼtibor qiling, özgarişni vazirlik emas, balki boşqa taşkilot kiritgan.
Endi bir boşidan boşlaymiz.
IMEI-kodlarni röyxatga oliş jarayoni qanaqa bölişi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2019-yildagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda aniq belgilab qöyilgan.
Uşbu Nizomda IMEI-kodni röyxatdan ötkaziş çoğida telefon raqami ariza beruvçining nomida bölişi kerakligi haqida birorta qoida yöq. Bunaqa talab qöyilmagan. Nizomning 17-bandida ariza beruvçidan uşbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlarning taqdim etişni talab qilişga yöl qöyilmaydi, deb yozib qöyilgan.
Bu Vazirlar Mahkamasining qarori, yaʼni Hukumat hujjati. Xalq tilida sodda qilib aytganda, bu Nizomni Boş vazir imzolab, tasdiqlagan. Bu yerdagi tartibni özgartiriş uçun yana bir marta Boş vazir tegişli hujjatni imzolaşi va ruxsat berişi kerak. Na vazirlik, na qanaqadir DUK özboşimçalik bilan Boş vazir tasdiqlagan hujjatni özgartira olmaydi.
Ammo bugungi kunda Vazirlar Mahkamasi qaroriga heç qanday özgariş kiritilmadi. Demakki, keça uşbu tartib heç bir asossiz özgartirildi. Va buni vazirlikdagilar töğri deya baholab bayonot berdi.
❓Savol: axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri yoki DUK rahbari Boş vazirdan ustunmi?
Yoki yurtimizda «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunga amal qiliş töxtatib qöyildimi? Istalgan vazirlik yoki istalgan DUK özi xohlagan paytda bemalol Hukumat qarorlarini özboşimçalik bilan özgartira oladigan bölib qoldimi? Qaçondan unaqa böldi, biz eşitmay qolibmizku?!
Uşbu holatga Adliya vazirligi biror munosabat bildirsa yaxşi bölar edi. Va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining özidan ham qöşimça izoh kutib qolamiz. Agar vazirlikda yaxşi yuristlar bölmasa, Adliya vazirligidan maslahat sörab körişsin, qayerda xato qilişganini aytişadi.
Nima bölganda ham bu özboşimçalikka tezroq çek qöyilişi kerak.
P.S.: vazirlik bugun IMEI-kodlar bazasi kutilmaganda oçilgani böyiça ham izoh bermadi hali.
👉 @xushnudbek 👈

