IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan 136 mlrd so‘m yig‘ildi
❗️Joriy yilda IMEI-kodlarni röyxatdan ötkaziş evaziga xalqdan 136 mlrd sömdan köproq pul yiğib olingan
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi IMEI-kodlar masalasida bayonot berdi.
Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018-yildagi 847-sonli qarorining 2-bandida "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi — mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini röyxatga oliş va qöllaş, uşbu yönalişda normativ-huquqiy bazani yaratiş va takomillaştiriş böyiça vakolatli organ” deb belgilangan.
Şu asosda «Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi» davlat unitar korxonasi — Tizim operatori Jismoniy şaxslar tomonidan uçinçi şaxslarning şaxsiy maʼlumotlaridan (pasport maʼlumotlari va telefon raqamidan) foydalaniş orqali röyxatdan ötkaziş holatlarining oldini oliş maqsadida mobil qurilmalarni röyxatdan ötkaziş jarayoniga qöşimça tekşiruv algoritmi kiritildi. Yaʼni, qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini röyxatdan ötkazişda jismoniy şaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvçi nomiga rasmiylaştirilganligi talab etiladi.
Şuningdek, vazirlik ayrim raqamlarni ham eʼlon qildi:
Bugungi kunda tizim orqali 47,14 mln. dan ziyod IMEI kodlar röyxatdan ötkazilgan.
Jumladan:
2019-yil 1-apreldan 2019-yil 1-noyabrgaça – 42,61 mln. IMEI kodlari avtomatik tarzda;
2019-yil 1-noyabrdan 1-dekabrgaça – 1,47 mln. IMEI kodlari bepul ravişda operatorga murojaat etiş orqali;
2020-yilning 1-yanvaridan 15-sentabrgaça – 3,06 mln. IMEI kodlar pullik asosda: şundan 691,1 ming dona import qiluvçilar (22,5 foiz), 51,5 ming dona mahalliy işlab çiqaruvçilar (1,7 foiz), 2,323 mln. dona jismoniy şaxslar (75,8 foiz) tizimda röyxatdan ötkazildi.
Demak, joriy yilda IMEI-kodlarni röyxatdan ötkaziş evaziga xalqdan 136 mlrd sömdan köproq pul yiğib olingan. Kamida deganimning sababi raqamlar bundan ham katta bölişi mumkin.
❗️Lekin bu pullar nima asosga köra olinyapti? Şundoq ham noqonuniy telefon savdosiga barham berilayotgani evaziga davlat byudjetiga katta miqdorda soliq va bojxona tölovlari tuşyaptiku. Nima uçun yana xalqni özidan tölov olinişi kerak? Yaxşi buzoq ikkita sigirni emadi, deganimi bu? Hozirça vazirlik bunga biror tayinli javob bergani yöq.
👉 @xushnudbek 👈


