UZIMEI qurilmalarni röyxatdan ötkaziş tartibini özgartirdi
Yomğirdan qoçib, dölga tutildik
UZIMEI degan taşkilot xabar beryapti:
«Mobil qurilmalarni uçinçi şaxslarning şaxsiy maʼlumotlaridan (pasport maʼlumotlari va telefon raqamidan) foydalaniş orqali röyxatdan ötkaziş holatlarining oldini oliş maqsadida tizim operatori tomonidan mobil qurilmalarni röyxatdan ötkaziş jarayoniga özgartiriş kiritildi.
Uşbu tartibga köra, qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini röyxatdan ötkazişda jismoniy şaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvçi nomiga rasmiylaştirilgan bölişi kerak», - deyiladi xabarda.
Eng avvalo bu yangi tartib böyiça Vazirlar Mahkamasining qaroriga özgariş kiritildimi? Agar kiritilgan bölsa, nega eʼlon qilinmadi? Agar kiritilmagan bölsa, kim bularga huquq berdi, özboşimçalik bilan yangi tartib joriy qilişga?
Ikkinçidan, aholining tinkayi madorini quritayotgan tizimni yaxşilaymiz deb, yana bitta byurokratik yöl öylab topişibdi. Çunki juda köpçilik aholimizning işlatayotgan raqami özining nomida emas, ota-onasining, turmuş örtoğining, aka-ukasining nomida. Endi ana öşa fuqarolar yangi telefon olsa, eng avvalo mobil kompaniyalarga borib, raqamini özining nomiga ötkazib olişi kerak böladi. Aha, rahmat sizlarga, juda va juda xalqqa yengillik yaratib, ğamxörlik qilayotganlaringiz uçun.
Ey, Xudo, qaror qabul qilayotganlar orasiga sal mantiqiy fikrlaşni biladigan birorta odamni qöşib bergin, iltimos.
👉 @xushnudbek 👈

