Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekiston fuqarolarini xorijdan olib keliş davom etmoqda

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzРоссиянинг Самара вилоятидаги мана шу палаткаларда Ўзбекистонга кела олмаётган юртдошларимиз яшашмоқда. 1 октябрдан чегаралар очиляпти, балки шундан сўнг минг…

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Operativ ştabi axboroti

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Özbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan öz Vataniga olib keliş böyiça tizimli işlar davom ettirilmoqda, temir yöl va çarter reyslari amalga oşirilmoqda.

21-sentabr kuni 2 ming 641 nafar fuqaroni Özbekistonga olib keliş uçun Moskva şahridan 6 ta, Sankt-Peterburg şahridan 3 ta, Rostov-Don şahridan 1 ta va Turkiyadan 2 ta çarter reyslari amalga oşirildi. Şuningdek, 253 nafar hamyurtimiz “Uzbekistan Airways” AJning “Toşkent-Minsk-Toşkent” va “Toşkent-Bişkek-Toşkent” yönalişlaridagi hamda “Asiana Airlines”ning “Seul-Toşkent-Seul” yönalişidagi muntazam reyslar orqali Vatanga qaytdi.

Bundan taşqari, 21-sentabrda “Özbekiston temir yöllari” AJning poyezdlarida 2 ming 538 nafar hamyurtlarimiz Novosibirsk, Rostov-Don va Samara şaharlaridan Özbekistonga yetib kelişdi.

Şuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi şaroitida fuqarolarning ommaviy töplanişi virusni yuqtiriş xavfini oşiradi. Ayniqsa, soğliği xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka çalinganlar) uçun bu holat yanada xatarlidir.

Rossiya hududida bölgan vatandoşlarimizdan poyezd stansiyalarida töplanmasliklarini, hozirda bölib turgan joylarida qolişlarini va barça karantin talablariga qatʼiy rioya qilişlarini yana bir bor söraymiz.

Manba

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek