Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev pandemiya böyiça 3 ta muhim şartni aytdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Prezident Şavkat Mirziyoyev:

Pandemiyadan imkon qadar yöqotişlarsiz ötişimiz va keyingi tölqinlarga yöl qöymaslik uçun, xalqimizdan 3 ta muhim şartga qatʼiy amal qiliş talab etiladi:

1️⃣ Birinçidan, virusdan himoyalaniş va uni yengişning eng muhim şarti – bu albatta vaksinatsiya. Qançalik maşaqqatli bölmasin, uşbu maqsadlar uçun bugungi kunga qadar 4 turdagi 13 million doza vaksina olib keldik. Qaysi turdagi vaksina bilan emlaniş böyiça aholida tanlaş imkoniyati paydo böldi.

2️⃣ Ikkinçidan, şaxsiy gigiyena va ijtimoiy masofani saqlaş talablariga rioya qiliş, jamoat joylarida tibbiy niqobda yuriş – kasallikdan eng samarali himoya ekanini unutmaslik lozim. Afsuski, odamlarimiz bu talabni unutib, esdan çiqarib qöygani ham, ayni haqiqat. Çeklovlarga qaramasdan, joylarda köp kişilik töylar, turli xil marosimlar töxtagani yöq.

Şu bilan birga, joriy haftadan oliygohlarga kiriş uçun test imtihonlari boşlanadi, bu tadbirlarda respublika böyiça kuniga 100 mingga yaqin abituriyent qatnaşadi. Uşbu tadbirlarni ham karantin talablari asosida taşkil etiş zarur.

3️⃣ Uçinçidan, kasallik yengil keçayotgan va uy şaroitida davolanayotgan bemorlarni özboşimçalik bilan, pala-partiş dori vositalarini isteʼmol qilişini oldini oliş zarur.

Afsuski, bemorlar uy şaroitida notöğri davolanişlari natijasida oğir oqibatlar kelib çiqmoqda.

Manba: Prezident Matbuot kotibi

👉 @xushnudbek 👈

  • 😁 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek