UZIMEI tizimidagi muammolar va eSIM röyxatdan ötkaziş
UZIMEI tizimi haqida yana bir bor
UZIMEI tizimi noqonuniy qurilmalarga qarşi kuraşişda katta foyda berişi haqida avval ham aytganman va bu tizimni qöllab-quvvatlaşimni maʼlum qilganman. Ammo şundoq ham davlat byudjetiga yuz milliardlab soliq tuşumini taʼminlab berayotgan bu tizim nima uçun pullik ekanligini, bölganda ham ançagina qimmatligini (2ta sim-karta uçun 100 ming söm), şuningdek röyxatdan ötiş jarayoni murakkab va byurokratiyaga boyligini ançadan buyon gapirib kelaman. Buni boşqalar ham köp aytişgan.
Yaqinda bir aloqa kompaniyasi Özbekistonda birinçi marta eSim tizimini joriy qildi. eSIM - bu elektron sim-karta. Bunaqa tizim rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan, bizga endi kirib keldi.
Innovatsiya, şunday emasmi? Ha, innovatsiya. Ammo bu innovatsiyaga köpçilik, şu jumladan UZIMEI tizimi tayyor emasligini körsatdi. eSim örnatmoqçi bölganlar 21-asrdan ortga qaytib, 20-asrga tuşib qolişmoqda.
Sababi eSIM uçun ham IMEI kodini röyxatdan ötkaziş va 49 ming söm tölov qiliş kerak. Bunisi tuşunarli. Ammo eng qiziği sayt, SMS yoki USSD kod orqali röyxatdan ötkazib bölmas ekan. Onlayn röyxatdan ötkazmoqçi bölsangiz, rad javobi kelarkan.
Albatta ofislarga boriş şart. Boşqaça aytganda 21-asrdagi yangi innovatsiyani röyxatdan ötkazişning onlayn imkoni yöq, albatta odamlarni ofisga çaqirib, ovora qiliş kerak.
Va yana albatta telefonni kötarib boriş kerak ekan. Onlayn röyxatdan ötganda IMEI raqamining özi kifoya emişda, lekin odamni özi bevosita borganda telefonni ham olib borişni talab qilişarkan. Baraka topgurlar, axir bazada hamma qurilmaning IMEI raqami borku, öşanga qarab 2-IMEI'ni röyxatga olsa bölmaydimi? Odamlarni ovora qilişning nima keragi bor? Mantiqsizlik-ku bu.
Men hali pasportidagi şaxsiy maʼlumotlari öğirlangan minglab insonlar haqida indamayapman. Buning özi alohida katta mavzu.
Hurmatli, şu tizimni yaratganlar, şu tizimdan kelayotgan yuz milliardlab pullardan manfaatdor bölgan odamlar, sizlardan iltimosim bor. Xöp, mayli, baribir UZIMEI tölovini bekor qilmaysizlar, buni tuşundik. Bunga hattoki Senat va Qonunçilik palatasining ham "tişi ötmadi" — xöjakörsinga oçilgan petitsiyalar saytidagi 10 mingdan oşiq odamning bergan ovozini bir tiyinga olişmadi, buni ham tuşundik. Xullas, xalqqa 2 marta soliq solişda davom etaverasizlar, bu ham tuşunarli.
Iltimos, heç bölmasa, mana şu yuz milliardlab pullarni sal halollab olinglar, baraka topgurlar. Yaʼni xalqni qiynamasdan, mantiqsiz va absurd çeklov, taqiqlar qöymasdan, röyxatga oliş tizimini sodda va osonlaştirib şu pullarni olsalaringiz bölmaydimi? Nahotki şu birgina narsani qiliş şunçalar qiyin?
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 22


