Toşkent metrosida mobil aloqa işga tuşiriladi
Metroda işlaydigan mobil aloqa
Keça «ICTWEEK Uzbekistan-2019» axborot-kommunikatsiya haftaligi doirasida taşkil qilingan anʼanaviy ICTEXPO körgazmasiga bordim. Hammayoq innovatsiya, eng sönggi yangiliklar, allambalo texnologiyalar... Ularni körib, nahotki şunaqa zamonaviy jamiyatda yaşayotganimiz rost bölsa, deya hayron qoladi odam. Lekin körgazmadan qaytib, köçaga çiqsang, yana öşa eski teşik toğora bilan ötirgan çol va kampirga közing tuşadi ))
Körgazmada Ucell kompaniyasi boş direktori Vladimir Kravçenko bilan körişdim, qisqagina suhbatini oldim. Esdalik uçun rasmga tuşdik (surat pastda). Qoraköllik şikoyatçi mijozning uyiga şaxsan borib, telefon sovğa qilingan video zör çiqqani, ijtimoiy tarmoqda köpçilikka yoqqani haqida aytdim. «Ha, aka, xalq bilan yaqin bölsak yaxşi-da, özi kutilmaganda bölib ketdi hammasi» deya sof özbek tilida izoh berdi Vladimir akamiz 👍
Aytgança, ortimizda nima uçun metro rasmi bor deysizmi? Çunki Ucell tez orada Metrotelecom bilan hamkorlikda Toşkent metropolitenining «Amir Temur xiyoboni» va «Mustaqillik maydoni» bekatlarida mobil aloqani işga tuşirar ekan. Yil yakunigaça metroning barça bekatlarida mobil aloqani işlatiş rejalaştirilayotgan ekan. Ajoyib yangilik, şunday emasmi?! Qolgan mobil operatorlarda ham işlaydimi, yöqmi, bunisini bilmadim lekin.
Nega metro bunaqa tez yurib ketyapti, deysizmi? Çunki Ucell 5G texnologiyasini işga tuşirayotgan ekan, öşançun grafikada metro vagonlari juda tez yurib ketmoqda.
P.S.: men ham Ucell vakillariga uyimizda internet işlamayotganligi haqida eʼtiroz qoldirdim. Zora mening ham uyimga kelib, telefon berib ketişsa. Aytgança, Ucell'dagilar uçun eslatma: men faqat iPhone işlataman 😄
👉 @xushnudbek 👈
