Öqituvçilar uçun UzAuto Motors aksiyasidagi muammo hal etildi

Matn25-sentabr, 2019, 14:151 daqiqa0 koʻrish

Öqituvçilar diqqatiga

Bugun ertalab @davletovuz kanalida öqituvçilardan kelgan quyidagi maktub eʼlon qilingandi:

«Assalomu alaykum!

UzAuto Motors kompaniyasi eʼlon qilgan aksiya böyiça bir muammo hammada yuzaga kelib çiqayapti! Umumtaʼlim maktab öqituvçisining iş joyidan olib borgan MAʼLUMOTNOMASI ötmaydi, deb salonlar qaytarayapti. Salonning talabi böyiça RAYONOdan olib keliş kerak.
RAYONO esa biz malumotnoma bermaymiz, deb qaytarayapti.

Öqituvçilar sarson-sargardon”.

Vazirlik munosabati

Bunga javoban biroz oldin Xalq taʼlimi vazirligi Matbuot xizmati muammo hal bölganini maʼlum qildi. Xususan, xabarda şunday deyiladi:

“Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors kompaniyasi eʼlon qilgan aksiya böyiça öqituvçilar muammoga duç kelayotgani haqida maʼlumotlar tarqatildi.

Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi UzAuto Motors kompaniyasi bilan mazkur masala böyiça muzokara olib bordi.

Muzokara natijasiga köra, uşbu masalaga oydinlik kiritildi. Yaʼni, umumtaʼlim maktab öqituvçisi iş joyidan olib borgan maʼlumotnomani dilerlar qabul qiladi.”

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek