UzAuto Motors öqituvçilar uçun maxsus aksiya eʼlon qildi
Manba:davletovuz
Va nihoyat rasman
UzAuto Motors kompaniyasi Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan maxsus aksiya eʼlon qiladi.
Aksiya faqat umumtaʼlim, örta-maxsus va oliy taʼlim muassasalarining öqituvçilari uçun amal qiladi hamda Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini quyidagi şartlarda muddatli tölovga xarid qiliş imkonini beradi:
- Chevrolet Spark — 70% oldindan tölov, muddati 6 oy;
- Lacetti 3 poz — 60% oldindan tölov, muddati 1 yil.
Muddatli tölovga avtomobil xarid qiliş uçun xaridor yuqorida körsatilgan taʼlim muassasining öqituvçisi ekanligini tasdiqlovçi hujjat taqdim etişi lozim.
Şuningdek, avtomobilni garovga qöyiş hamda hatardan suğurtalaş ham mazkur aksiyaning asosiy şartlaridan biri sanaladi.
Şartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan oliş mumkin:
- "AS SERVIS" tarmoqlarining dilerlik korxonalari
- "Sergeli Avtotexxizmat" AJ
- "Nurafshon Avtocentr" MÇJ
- "Qaraqalpaqavtotexxizmet" MÇJ
Aksiya 2019-yilning 30-sentabriga qadar amal qiladi. Şoşiling, avtomobillar soni çegaralangan.
http://uzautomotors.com/articles/uzauomotors_uqituvchilar_uchun_maxsus_aksiya_elon_qladi

