Amerikadagi özbek iş beruvçilari va işçilar muammosi
Abror Qodirov Amerika haqida navbatdagi taassurotlari bilan örtoqlaşmoqda. Uning quyida yozgan gaplari albatta mutloq haqiqat emas, yaʼni Amerikada iş beruvçi sifatida işlayotgan barça özbeklar ham pastda yozilgandek emas, ular orasida insoflilari, vijdonlilari ham köp. Lekin şunday bölsa-da, Abror aytayotgan toifadagi insonlar borligini ham bilib qöysak yomon bölmasdi. Keling, postni töliq öqiymiz:
«Hatem ismli marokaşlik döstim bor. Aniqroği, Amerikadagi eng birinçi işimda u mening menejerim bölgan. Pitseriyada. Yaqinda yuk maşina haydaşga litsenziya olibdi. Bir vaqtlar öşa restoranda biz bilan birga işlagan bir özbek yigiti ham hozirda yuk maşina haydovçisi bölib işlayotgan edi. Öşa bolaga qönğiroq qilib, uning işxonasida u bilan birga işlasa böliş-bölmasligi haqida söragan ekan, «Bizda faqat özbeklarni işga olişyapti», degan javob eşitibdi.
Şunaqa tendensiya bor: Amerikadagi juda köp özbekistonliklar boşqa özbeklar qölida işlaydi. Köpçilik özbekistonliklarning öz bizneslari bor. Restoran biznesi, taksi xizmatlari, transportatsiya va logistika sohasi va h.k. Aksariyati faqat özbeklar va özbekistonliklarnigina işga qabul qiladi. Ajoyib-ku! Vatandoşlar bir-birini qöllab quvvatlaydi, bir-biriga kömak beradi, özaro mehr-oqibatni mustahkamlaşadi, vatandoşlarga va pirovardida Vatanga muhabbatni namoyiş etişadi şu yöl bilan, töğrimi?
Unçalik emas. Özbekistonliklar faqat vatandoşlarni işga olişi sabablari yuqoridagi çiroyli va balandparvoz sabablargina emas. Aslida iş beruvçilarga bu hamkorlik juda-juda manfaatli hisoblanadi.
Endigina Amerikaga köçib kelgan özbekistonlik. Hali tilni yaxşi bilmaydi, balki umuman bilmas. Darhol işga joylaşmasa bölmaydi, çunki tölovlar kutib turmaydi. Oilali bölsa yanada tez işga kirişib ketiş kerak. Til kurslariga boriş, yangi bu mehnat bozorida talabgir biror kasbni örganişga vaqt yöq. Pul topmasa bölmaydi. Şunday vaziyatda vatandoş taklif qilayotgan işdan yaxşiroq variant yöq. Ertagayoq iş boşlaş mumkin. Zör, albatta. Lekin...
Til örganişga-da vaqti bölmagan inson özining xodim sifatida haq-huquqlari, özi istiqomat qilayotgan ştatning bu boradagi qonun-qoidalari bilan qiziqib ham ötirmaydi. Oqibatda unga ştatda eng kam iş haqi soatiga, aytaylik, $8.5 qilib belgilangan bir vaqtda $5 tölansa ham şukr qiladi, minnatdor böladi. «12 soat işlasam $60 pulim bor». Aslida, 8 soatlik iş kunidan keyin qolib işlagani uçun har bir soat mehnatiga bir yarim barobar haq tölanişi kerakligidan yo xabari bölmaydi, kimdandir eşitsa ham, buni talab qilmaydi. Qilolmaydi. Biror idoraga yoram sörab bormaydi. Işidan xavotir oladi. Tölovlar kutib turmaydi. Şu tariqa kunlari ötadi, biror özgariş qilişga vaqti bölmaydi, haftasiga 40 soat emas 60-70 soat işlaydi. Faqat baʼzan uxlaşga vaqti bor xolos. Özgarişga vaqt qayoqda?!
Şu tariqa biznes egalari qoidalarni özlari bilan birga çetlab ötadigan, maksimum iş qilib, minimal şaroit talab qiladigan va şu holatda ham ulardan minnatdor, öz huquqlaridan bexabar, ularni talab qilib, boşni qotirmaydigan, uzoq muddat ularga işlaydigan işçi-xodimlarga ega bölişadi. Bunday şaroitlar va taklif bilan mahalliy aholi yoki boşqa yurtlardan kelgan immigrantlarni işga ololmaydi. Vatandoşiga iş beriş istagi bilan yurgan uddaburon va işbilarmonlarning hammasida ham, özaro yordam, oqibat, vatanparvarlik kabi sabablar bölavermaydi har doim ham, afsuski».
Post tugadi.
P.S.: Va eeeeeng qiziği, xuddi şu holat, nafaqat Amerikada, balki Özbekistonning özida ham bor. Malakasiz va maʼlum bir bilimga ega bölmagan xodim noinsof iş beruvçilar uçun doim tayyor «ölja» bölib kelgan.
Hurmatli xodimlar, qayerda bölsangiz ham huquqlaringizni biling va ularni talab qila oling! Bundan uyalmang va qörqmang.
👉 @xushnudbek 👈

