Bayram kunlaridagi navbatçilikning huquqiy muammolari

Matn31-dekabr, 2018, 16:523 daqiqa0 koʻrish

Maqoladan ayrim parçalar:

Navbatçilikning qanday turlari bor?

Navbatçilikda turadigan xodimlar asosan 3 toifaga bölinadi:

...

3-toifa: bu aynan biz körib çiqayotgan navbatçilik, yaʼni bayram kunlarida jadval asosida «operativ» taşkil etiladigan bir martalik navbatçilikdir. Uşbu toifadagi navbatçilikning yuqoridagi ikkitasidan asosiy farqi şundaki, bunday «operativ navbatçilik»ka jalb qilingan xodimlar özlarining asosiy funksional vazifalarini bajarişmaydi. Yaʼni, bunday navbatçilik vaqtida öqituvçi dars bermaydi, şifokor davolamaydi, buxgalterlar hisob-kitob qilmaydi, huquqşunoslar hujjatlarning qonuniyligini tekşirmaydi va h.k. Ular şunçaki idorada maʼlum bir soatni ötkazişadi. Yoki kino körişadi, yoki televizor körişadi, yoki kitob öqişadi va h.k. Xullas, belgilangan vaqtda belgilangan joyda turib berişsa böldi.

Navbatçilik taşkil qilişdagi muammolar

Amaliyotdagi eng köp uçraydigan muammolardan biri bayram kunlaridagi navbatçiliklar heç qanday huquqiy asosga ega bölmasdan taşkil qilinadi. Yaʼni, iş beruvçining buyruği (farmoyişi) çiqarilmasdan, şunçaki oğzaki körsatma bilan belgilanadi. Nari borsa navbatçilik jadvali taşkil qilinib, uning tepasiga «tasdiqlayman» deya, rahbar imzo va muhr qöyadi, böldi. Lekin bu navbatçilik taşkil qiliş va unga tegişli tartibda haq tölaş uçun asos bölolmaydi. Şu sababli deyarli barça holatlarda bunday «operativ navbatçilik» uçun xodimlarga heç qanday haq tölanmay kelinmoqda. Nari borsa, ularga navbatçilikning ertasi kuni işga çiqmaslik yoki keçikibroq işga çiqişga ruxsat beriladi, xolos. Biroq bu mutlaqo notöğri.

Bundan taşqari mabodo navbatçilik vaqtida xodimlar turli köngilsizliklar tufayli tan jarohati olsa yoki vafot etsa, mehnat muhofazasi masalasida ham muammolar yuzaga keladi. Iş beruvçining heç qanday rasmiy buyruği bölmagandan keyin, unga kelgusida tovon puli tölaşdan osongina boş tortiş mumkin böladi. Boşqaça aytganda, «xodimga heç kim navbatçilikka tur, deb aytmagandi, hayronman öşa kuni nima qilib yurgan ekan» deyişlari ham ehtimoldan xoli emas.

Navbatçilik özi nimaga kerak?

Meni doim şu savol öylantiradi. Bayram kunlaridagi navbatçiliklar, ayniqsa tungi vaqtda qaysidir xodimning işxonada yotib qolişidan kimga nima naf? Tunda bitta xodimining korxonada tunab qolişidan iş beruvçiga nima foyda? Mehnat jamoasigaçi?

«Xavfsizlik», deysizmi? Unda öşa korxonadagi qorovul yoki içki işlar organlarining qöriqlaş xizmati xodimlari nima qilib ötiribdi? Ular nima uçun maoş olişmoqda? Qöriqlaş uçunmi? Maktab qorovuli böla turib, matematika öqituvçisining maktabda tunaşi qay darajada mantiqqa töğri keladi?

«Favqulodda holatlar», deysizmi? Xöş, favqulodda vaziyatlarda, aytaylik, yonğin yoki zilzila payti matematika öqituvçisi nima qilib bera oladi? Nari borsa, 101 raqamiga telefon qilişi mumkin. Şu işni taşkilot qorovuli qilsa bölmaydimi?

Mening öta şaxsiy fikrim quyidagiça:

taşkilot xodimlarining bayram kunlari tunda navbatçilik uçun işxonada tunab qolişi agar yonğin bölsa, qurbonlar sonining bittaga ortişiga, agar terrorist yoki bosqinçilar hujum qilsa, garovdagilar yoki murdalar sonining bittaga köpayişiga, agar boşqa köngilsiz holatlar bölsa ham, jabrlanuvçilar soni köproq bölişiga olib keladi, xolos. Navbatçilikning foydasi haqida gap ketganda esa, jöyali sabab sanab bera olmayman. Yana ham kim bilsin.

Yangi yil keçasi hamma oila davrasida bayramni nişonlayotgan bir paytda, yangi yilni navbatçilik tufayli işxonasida tunab qoliş bilan ötkazayotgan va eng muhimi - asosiy vazifasi taşkilotni qöriqlaş emas, balki umuman boşqa iş bölgan yuzlab xodimlarni köz oldingizga keltiring va özingiz uçun xulosa qiling: şu adolatdanmi?

Töliq öqiş: https://kun.uz/92591839

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek