Pensiya yoşiga tölganlarni işdan böşatiş tartibi bekor qilinadi

Matn16-mart, 2022, 10:332 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Pensiya yoşiga tölganligi munosabati bilan işdan böşatiş tartibi bekor qilinişi mumkin

Amaldagi qonunçilikka köra, xodimning pensiya yoşiga tölganligi u bilan mehnat şartnomasini iş beruvçining taşabbusiga köra bekor qilişga asos böladi. Iş beruvçining bu huquqi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinçi qismi 7-bandida belgilangan.

Şavkat Mirziyoyev keça, 15-mart kuni imzolagan qarorga muvofiq xodimning pensiya yoşiga tölganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat şartnomasini iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qiliş taqiqlanişi kutilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ikki oy muddatda Mehnat kodeksining uşbu bandini bekor qilişni nazarda tutuvçi tegişli qonun loyihasini işlab çiqiş vazifasi yuklatildi.

Bu nima degani?

Aslida xodimlarning pensiya yoşiga yetgani uçun iş beruvçi tomonidan böşatib yuborilişiga oid tartib 2010-yilda qonunçilikka kiritilgan. Bunaqa tartib ilgari bölmagan. Buni kiritişdan maqsad, şu yöl bilan tezroq yangi iş örinlarini böşatiş va şu orqali "falon kişini işga joylaştirdik, yangi iş örni oçdik" degan statistikani yaxşilaş bölgan. Özi umuman 2010-yillarda budjet pulini iqtisod qiliş uçun pensionerlar, homilador ayollar, nogironlar va kam taʼminlanganlarga qarşi "uruş" oçilgan va öşa davrda köplab adolatsiz qarorlar qabul qilingan edi.

Xodimning yoşini rökaç qilib, işdan böşatiş aynan mana şunday adolatsiz qarorlardan biri bölgan. Buning nomini mehnat sohasida kamsitiş deyişadi.

Albatta, bu yerda jamiyat 2 qutbga bölinadi. Kimlardir pensionerlar yoşlarga örin bersin, böldi-da endi, deyişadi. Kimlardir esa, şunçaki pensiya yoşini (erkaklar uçun 60, ayollar uçun 55 yoş) rökaç qilib, katta tajriba va malakaga ega bölgan kadrlarni yöqotib qöyamiz, ularning örniga hali heç vaqoni bilmaydiganlar kelyapti, deyişadi. Ikkala tomonning fikrida ham jon bor aslida.

Ammo Mehnat kodeksining 6-moddasida xodimning yoşiga qarab mehnatga oid munosabatlarda kamsitiş taqiqlanişi aniq yozib qöyilgan. "Siz pensiya yoşiga yetdingiz, demak endi işlaşga haqqingiz yöq, sizni işdan böşatdim" deyiş ham aynan xodimni yoşiga qarab kamsitiş hisoblanadi.

Mehnat kodeksidagi bu kamsitiş xorijiy ekspertlar tomonidan ham köp bora taʼkidlangan va Özbekistonga berilgan tavsiyalarda buni bekor qiliş kerakligi aytilar edi.

Köpçilikda savol tuğilişi tabiiy: uşbu qoida bekor qilinsa, endi xodim 90-100 yoşga kirganda ham işlab yuraveradimi, uni işdan böşatişga heç kimning haqqi yöqmi?

Bu yerda xodimning yoşiga emas, qay darajada öz işiga layoqatli ekanligiga eʼtibor qaratiladi. Agar xodim keksaygani sababli öziga yuklatilgan vazifani bajara olmayotgan bölsa, unda uni bemalol işdan böşatiş mumkin. Buni heç kim taqiqlamaydi. Ammo öz vazifasini lozim darajada uddalayotgan xodimni şunçaki yoşini sabab qilib, işdan böşatiş notöğri, albatta.

Xullas, 2010-yilda kiritilgan va Mehnat kodeksi talablarining öziga zid bölgan uşbu band tez orada bekor qilinişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1424
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek