Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Iş haqi saqlanmagan holda taʼtil oliş tartibi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

#Bilasizmi

Xalq orasida “otpusk bez soderjaniya” degan tuşunça bor, bu xodimning iş haqi saqlanmagan holda taʼtil olişiga aytiladi.

Qança muddat?

Öz hisobidan taʼtil olişni istagan köpçilik xodimlarni bir savol öylantiradi: taʼtilni maksimum qança paytgaça oliş mumkin.

Mehnat kodeksining 150-moddasiga binoan, iş haqi saqlanmagan taʼtil 12 oylik davr mobaynida jami 3 oydan ortiq bölmasligi kerak.

Bu nima degani?

👉 Ahamiyat bergan bölsangiz, “bir yilda” deyilmagan, balki oxirgi 12 oyda deyilgan. Masalan, xodim 2018-yil avgust oyida 2 oy öz hisobidan taʼtil oldi. Endi öşa xodim toki 2019-yilning avgustiga qadar 1 oydan oşiq öz hisobidan taʼtil ololmaydi.

👉 Öz hisobidan taʼtilni zaruriyatga qarab bölib-bölib oliş ham mumkin, masalan, dastlab 1 hafta, keyingi safar 3 kun, keyingisida 15 kun va h.k. Lekin jamisini qöşib çiqqanda, 12 oy içida 3 oydan oşib ketmasa böldi.

Iş beruvçi majburmi?

Bir narsani yoddan çiqarmaslik lozimki, iş haqi saqlanmagan holda taʼtil iş beruvçi va xodimning özaro kelişuviga köra beriladi. Yaʼni xodim istalgan payti “men öz hisobimdan 1 haftaga taʼtilga ketyapman” deb ariza yozib keta olmaydi. Qaçonki iş beruvçi bunga rozi bölsa, öşandagina u taʼtilga keta oladi. Agar iş beruvçi rozi bölmasa, unda marhamat qilib, işini davom ettirişga majbur.

Qaçon iş beruvçining roziligi şartmas?

Lekin şunday toifa xodimlar borki, ular iş haqi saqlanmagan holda taʼtil olişga ariza bersa, iş beruvçi rad qilişga haqqi yöq, ularga muqarrar tartibda taʼtil beriladi. Bular:

👉 1941 — 1945-yillardagi uruş qatnaşçilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglaştirilgan şaxslarga — har yili 14 kalendar kunga qadar;

👉 işlayotgan I va II guruh nogironlariga — har yili 14 kalendar kunga qadar;

👉 ikki yoşdan uç yoşgaça bölgan bolani parvariş qilayotgan ayollarga;

👉 ön ikki yoşga tölmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga — har yili 14 kalendar kunga qadar.

Şuningdek, mehnat şartnomasi şartlarida nazarda tutilgan bölsa ham, xodimga bunday imtiyoz berilişi mumkin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek