Jamoat transporti xodimlariga taʼtil berilişi qonunga zid
Bugun Transport vazirining matbuot kotibi jamoat transporti xodimlariga jamoat transporti vaqtinçalik töxtagani sababli öz hisoblaridan vaziyat barqarorlaşguniça taʼtil taqdim qilinişini maʼlum qildi.
Karantin vaqtida tanqid qiliş niyatim yöq. Ammo Transport vazirligining işi mehnat qonunçiligining qöpol ravişda buzilişidir!
Mehnat kodeksining 150-moddasiga köra, xodimga öz hisobidan majburiy taʼtil beriş mumkin emas, bunga faqat özi rozi bölişi şart.
MK 159-moddasiga köra, xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning örtaça iş haqi saqlanadi.
Karantin bölgani uçun jamoat transporti xodimlarining aybi yöq. Şu sabab ularga majburan öz hisobidan ariza yozdiriş ham qonunga zid, ham noinsoflik. Çunki öşa haydovçi va konduktorlar karantinda nima yeb, nima içadi? Oilasini qanday tebratadi? Buni kimdir öylab kördimi?
Hurmatli, Hukumat vakillari! Haydovçi va konduktorlarga ham iş haqi saqlanadigan taʼtil beriş çorasini körişlaringizni sörayman. Davlat şunaqa oğir paytda davlatligini qilişi kerak.
