Öqituvçilarga haq tölanadigan taʼtil berilişi kerak
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Öqituvçilarga haq tölanadigan taʼtil berilişi kerak
Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi maʼlum qildi. Jumladan vazirlik xabarida şunday deyiladi:
«OAVda Toşkent maktablaridagi öqituvçilardan oilaviy şaroitiga köra öz hisobidan ikki hafta taʼtil oliş uçun ariza yozişi talab etilgani töğrisida maqola eʼlon qilindi. Maqolada aytilişiça, bunday arizalarni oliş töğrisida 16-mart kuni buyruq olingan.
2020-yilning 15-mart kuni Xalq taʼlimi vazirligi soha xodimlarining amaldagi qonunçilikka muvofiq navbatdan taşqari taʼtilga çiqişi töğrisida rasmiy bayonot berdi. Bayonotda xodimlar Özbekiston Respublikasi mehnat qonunçiligiga muvofiq mehnat taʼtilining bir qismini olişi mumkinligi taʼkidlandi.
Mehnat töğrisidagi qonun hujjatlarida haq tölanadigan taʼtil berişga oid talablar belgilangan (Mehnat kodeksining 143-moddasi). Agar uşbu talablar bajarilmasa, xodimlarga qonunçilikka muvofiq iş haqi tölanmaydigan taʼtilga çiqiş taklif qilinadi.
Şuningdek, 2020-yil 17-martda bölib ötgan brifingda Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov hukumat komissiyasining qaroriga binoan 18-martdan boşlab, barça öqituvçilarga mehnat taʼtili berilişini eʼlon qildi.
2020-yil 17-martda Xalq taʼlimi vazirining tegişli buyruği qabul qilindi. Buyruqda qayd etilişiça, istisno tariqasida xodimlarga yillik taʼtilning qisqarişi munosabati bilan navbatdan taşqari taʼtil beriladi.
Iş haqi saqlanmagan holda taʼtil berilişi haqida yozgan xodimlar hujjatlarni qayta rasmiylaştiriş uçun maktab maʼmuriyatiga murojaat qilişlari mumkin.
Şu bilan birga, xalq taʼlimi hududiy bölinmalarining rahbarlariga haq tölanadigan taʼtilni röyxatdan ötkaziş talablariga rioya etişni taʼminlaş vazifasi topşirildi», - deyiladi vazirlik axborotida.
👉 @xushnudbek 👈



