Stipendiyalar tölaş tartibi töğrisidagi qaror loyihasi

Matn23-sentabr, 2019, 16:211 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Stipendiyalar tölaş tartibi va miqdorlari töğrisidagi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qöyildi

Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tölaş tartibi va miqdorlari töğrisida»gi qarori loyihasi muhokama uçun eʼlon qilindi.

regulation.gov.uz/uz/document/8247

Loyihaga köra, 2019/2020 öquv yilidan boşlab bakalavriat va magistraturada taʼlim olayotgan talabalarga tölanadigan stipendiyaning bazaviy miqdori 400 000 (tört yuz ming) söm etib belgilanadi.

2019/2020 öquv yilida bitiruvçi kursda davlat granti asosida öqiyotgan talabalarga hozir amalda bölib turgan tabaqalaştirilgan stipendiya tölaş tartibi saqlab qolinadi. Bundan 2 ta xulosa bor:

1) kontraktda öqiyotgan bitiruvçi kurslarga ham 400 ming söm stipendiya beriladi (agar kontraktni stipendiyali qilib tölagan bölsa);
2) keyingi öquv yilida davlat grantida öqiyotgan bitiruvçilarga ham 400 ming söm stipendiya beriladi.

Şuningdek, bir neçta kategoriyadagi talabalarga budjet yoki kontraktligidan qatʼi nazar rağbatlantiriş sifatida qöşimça stipendiya beriş tartibi ham taklif etilmoqda (pastdagi jadvalga qarang).

❗️Keyingi semestrdan boşlab davlat grantida öqiydigan talabalar avvalgi semestr natijalariga köra özlaştiriş körsatkiçi 30 foiz va undan ortiq fanlar böyiça «qoniqarli» baho (reyting körsatkiçi 55-70 ball bölgan) bölgan talabaga navbatdagi semestr uçun stipendiya tayinlanmaydi.

Hujjat loyihasi 6-oktabrga qadar muhokama qilinadi.

Qolgan tartib bilan batafsil yuqorida berilgan manzil orqali tanişişingiz va öz takliflaringizni qoldirişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek