Karantin davrida talabalarga stipendiya tölanişi davom etadi
Karantin davrida magistratura va bakalavriat bosqiçi talabalariga stipendiya tölanadimi?
Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri örinbosari Uzoqboy Begimqulov uşbu savolga quyidagiça javob berdi:
«Talabalarga avval qanday tizimda bölgan bölsa, şunday tizimda stipendiyalar berilişi davom ettiriladi. Faqat taʼtil tufayli tölov turi özgariş mumkin, yaʼni kimdir oldin naqd pul sifatida olgan bölsa, ayrim talabalarimiz plastik kartoçkasiga stipendiyalari tuşirilişini köproq xohlaşgan. Şuning uçun, ularning roziligi asosida bevosita ularning plastik kartalariga tuşirib beriladi.
Endi bunda ham bakalavriat, ham magistratura, ham tayanç doktorantura va doktoranturada öqiyotgan barça talabalarimizga belgilangan tartibda stipendiyalarini oliş davom ettiriladi».
👉 @xushnudbek 👈

