1-kurs talabalari uçun kontrakt tölaş tartibi

Matn31-oktabr, 2020, 12:522 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓1-kursga kirganlar kontraktning 50%ini tölaşi kerakmi?

Menga şu haqda talabalar va ularning ota-onalaridan juda köplab savollar kelmoqda. Yaʼni aksariyat OTMlar 1-kursga tavsiya qilingan talabalarga kontraktning kamida 50%ini tölaşi kerakligini, yöqsa ularga talabalikka qabul qiliş haqida buyruq çiqmasligini, kontraktni törtga bölib tölaşga oid qoida faqat yuqori kurslarga taalluqli ekanligini aytişayotgan emiş. Şu vaj bilan joriy yilda öqişga kirganlardan kontraktning 50%ini tölaş talab qilinmoqda.

Xöş, bu talabda qançalik jon bor?

❗️JAVOB: OTMlarning bunday talabi notöğri.

Çunki Davlat qabul komissiyasining qarorida quyidagiça qoida belgilangan:

“belgilangan tölov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uçun 15-sentabrgaça yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgaça hamda ikkinçi va undan keyingi bosqiç talabalar uçun 1-oktabrgaça yoki OTM rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgaça amalga oşiriladi”.

Bu yerda qoraytirilgan matndan aniq-ravşan körinib turibdiki, törtga bölib tölaş qoidasi 1-kurslarga ham taalluqli. Demak, 1-kurslar ham 25% tölaş huquqiga ega va ular 25% tölaganda talabalikka qabul qiliş haqida rektor buyruği çiqişi kerak.

Şuningdek, ayrimlarni 15-sentabr sanasi çalğitdi, yaʼni test javoblar keç çiqdiku, endi biz muddatni ötkazib yubordikmi, deyişmoqda. Yöq, unday emas. Joriy yil pandemiya sababli imtihonlar keç ötkazildi, şu sababli Davlat qabul komissiyasi kontrakt tölaş muddatini 1-noyabrga qadar uzaytirdi (yuqoridagi tagiga çizilgan matnga qarang).

Uşbu masala böyiça Oliy taʼlim vazirligi masʼullarining munosabatini ham söradim, ular ham buni tasdiqlaşdi. Va alohida qayd etişdiki, mazkur masala böyiça vazirlik tomonidan barça rektorlarga 1-kurslar ham kontraktning 25%ini tölaş huquqiga ega ekanligi haqida tuşuntiriş berilgan.

XULOSA: 1-kursga oddiy kontraktga kirganlar 1-noyabrga qadar 25% tölovni amalga oşirsa kifoya, ularga talabalikka qabul qiliş haqida buyruq çiqariladi. Kontraktni 50% yoki undan köproq tölaş ixtiyoriy, lekin majburiy emas.

Ammo super-kontraktda öqimoqçi bölganlar kamida 50%ni 1-dekabrgaça tölaşi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek