OTM talabalari kontraktni 4 ga bölib tölaşi mumkin
❓Savol: kontraktni 4 ga bölib tölaş imkoni hozir ham bormi? Institutimizda kontrakt tölamagan talablarni darsga kiritişmayapti. Talabalar darsga kelsa "NB" qöyişyapti. Oraliq nazoratlarga ham kiritişmayapti. Kontaktni 4 ga bölib tölaş imkoni borku, desak şartnomada unday gap yöq deyişyapti. Iltimos, şunga aniqlik kiritib bersangiz.
✅ JAVOB: Ha, 4 ga bölib tölaş mumkin.
Uşbu murojaatda qayd etilgan masalaga oydinlik kiritiş maqsadida, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari Sarvarxon Buzrukxonov bilan boğlanib, izoh olişga harakat qildim.
Berilgan izohga köra, Prezidentning 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 öquv yilidan boşlab respublika OTM talabalariga öquv yili davomida teng uluşlarda kamida tört marotaba öqiş uçun tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati taqdim etilgan.
Davlat qabul komissiyasi bilan kelişilgan holda tölovlarni amalga oşiriş muddati quyidagiça belgilangan:
— belgilangan tölov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uçun 15-sentabrgaça yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgaça hamda ikkinçi va undan keyingi bosqiç talabalar uçun 1-oktabrgaça yoki OTM rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgaça;
— belgilangan tölov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargaça, 75 foizi 1-aprelgaça va 100 foizi 1-iyulgaça yoki OTM rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargaça.
Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq öqiş uçun yillik tölovning töliq miqdorini belgilangan tartibda, teng uluşlarda tört qismga böliş yöli bilan ötkazişga ruxsat berilgan.
Bundan xulosa qiliş mumkinki, bugungi kun holatiga 50% tölov talab qilişayotgani amaldagi tartibga zid. Ammo talabalar bugungi kungaça kamida 25% tölovni amalga oşirişlari kerak edi.
Agar sizda ham şu masala böyiça muammo yuzaga kelayotgan bölsa, izohlarda yozib qoldirişingiz mumkin. Tegişli mutasaddilar bilan boğlanib, aniqlik kiritişga harakat qilamiz.
- 👍 10

