Haydovçilardan imtihon oliş tizimi şaffoflaşadi
Haydovçilardan imtihon oliş tizimi şaffoflaşadi. Bu nima beradi?
IIV YHXBB keça haydovçilardan imtihon oliş tizimi xususiy sektorga ötişi, mazkur markazlarda imtihonlar töliq inson omilidan xoli tarzda, avtomatlaştirilgan elektron tizim orqali qabul qilinişi rejalaştirilganini maʼlum qildi.
Bu nima degani?
Hozirda heç kimga sir emaski, Özbekiston haydovçilik huquqini oliş eng oson bölgan davlatlardan biri. Bu osonlik köproq korrupsiya ustiga qurilgan tizim tufayli. Bu xuddi institutga kirgan har bir talaba öqisa ham, öqimasa ham yakunda albatta diplom olişiga öxşaydi. Imtihonga kirganlar yakunda albatta haydovçilik guvohnomasini oladi, haydaşni bilgan yoki bilmaganidan qatʼi nazar.
Bu esa imtihonGAÇA va imtihondan KEYINgi quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib çiqaradi:
Imtihongaça — avtomaktablarning asosiy raqobati sifat uçun emas, faqat narx va odatda GAI bilan “örtakaşlik”ka qarab şakllangan.
Imtihondan keyin — malakasiz haydovçilar tufayli yöllarda avtohalokatlar va asabbuzarliklar köp.
Agar haydovçilik imtihonlari şaffof va korrupsiyadan xoli bölsa, yaʼni pul yoki taniş-biliş orqali “prava” olişni imkoni bölmasa, avtomaktablar bozori sifat bosqiçiga çiqadi. Endi avtomaktablar qançalik “reşala” ekanligi bilan emas, balki qançalik öquvçilarini yaxşi öqitib, imtihondan ötkazayotgani bilan maqtanişni boşlaydilar. Bu esa öz-özidan yöllarda malakali va madaniyatli haydovçilar soni köpayişiga olib keladi.
Xavotirlar nimada?
Eng qiziği xabar sönggida YHXBB avtomaktablar maʼmuriyatiga murojaat qilib, öz öquvçilariga yöl harakati qoidalarini puxta örgatib, haydovçilik huquqini oliş masalasiga masʼuliyat bilan jiddiy eʼtibor qaratişlarini söradi. Nega bölğusi haydovçilarga emas, aynan avtomaktablarga murojaat qilindi?
Sababi oddiy.
Agar imtihon tizimi şaffoflaşsa, öz-özidan juda köpçilik imtihondan yiqilişni boşlaydi. Xorijdagi tanişlarimizdan köp eşitganmiz, agar yetarli malakasi bölmasa, kerak bölsa 10 martalab imtihon topşiradi, arzimagan xatolar uçun ham yiqiladi.
Endi tasavvur qiling, bizda ham ommaviy imtihondan yiqilişlar boşlansa, aholining katta eʼtirozi avtomaktablarga qaratiladi. Yaxşi öqitmaganligidan, yoki boşidagi "vaʼdalari" bajarilmaganidan şikoyat qilişadi. Natijada yangi imtihon markazlariga nisbatan “avvalgi tizim yaxşi edi” degan mazmunda turli provokatsiyalar ham bölişi mumkin. Çunki sifatli öqitiş oson va arzon emas, ayrimlarga undan köra avvalgidek kelişib yaşagan maʼqul körinadi.
Şu sababli YHXBB avtomaktablarni oldindan ogohlantirmoqda: öquvçilarni hozirda yaxşilab öqit, ertaga qiynalib yurma, degandek.
Lekin bir narsa aniqki, bu kabi şaffof tizim haqiqiy avtomaktab va fidoyi avtoinstruktorlarga katta foyda olib keladi. Çunki imtihonda faqat bilim talab qilinişni boşlagandan keyin, ularning obrösi oşib ketadi, bozorda talab oşadi.
Tanganing boşqa tomoni
Uşbu tizim haqiqatda yaxşi işlaşi uçun, imtihon oladigan xususiy markazlarga litsenziya beriş masalasi ham jiddiy nazorat qilinişi kerak. Agar sohada tajribasi yoki yetarli texnologiyasi bölmagan duç kelgan odam imtihon markazi oçib ketaversa, unda Ali Xöja, Xöja Ali böladi, heç narsa özgarmaydi. Ayni mana şu masalada Hukumat qatʼiy pozitsiya körsatişi kerak. Yöqsa, barçasi befoyda böladi, xuddi xususiy "texosmotr" tizimi kabi.
Töğri, hozirdan bir narsa deyiş qiyin, bular şunçaki IMHO xolos. Yangi imtihon tizimi qay darajada kutilgan natijani berişini birgalikda kuzatamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3


