YHXBB haydovçilik guvohnomasi imtihonlari haqida ogohlantirdi
❗️YHXBB ogohlantirmoqda: haydovçilik guvohnomasiga öqiş uçun hali ham keç emas, keyin har qança eʼtiroz qilmang, befoyda böladi
IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi (xalq tilida - respublika GAI) ikkinçi bor ogohlantiriş bilan çiqdi. Birinçi ogohlantiriş haqida mana bu yerda yozgandik.
Gap şundaki, yaqinda haydovçilik huquqini beriş uçun nazariy va amaliy imtihonlarni oliş tizimi tubdan özgarişi kutilmoqda. Prezident qarori asosida bu huquq xususiy sektorga ötkaziladi va inson omilidan xoli, töliq avtomatlaştirilgan tizim orqali imtihonlar olinişni boşlaydi.
Ötgan safar YHXBB avtomaktablar maʼmuriyatini ogohlantirib, öquvçilarini yaxşiroq öqitişlari kerakligini aytgandi. Bu safar urğuni köproq fuqarolarga qaratişibdi. Yaʼni agar siz haydovçi bölmoqçi bölsangiz, unda hali ham keç emas, çin dildan öqing, avtomobil boşqarişni yaxşilab örganing, malakangizni oşiring, agar mabodo öqimasdan, korrupsiya yöli bilan "prava" olaman deb öylab yurgan bölsangiz, adaşasiz, imtihonlardan yiqilganingizdan keyingi eʼtirozlaringiz befoyda böladi, deyişmoqda.
Ötgan safargi postimizda ham yangi tizim haqiqatdan şaffof va adolatli taşkil qilinsa, bundan jamiyat uçun juda katta foyda bölişi, lekin şu örinda imtihonlardan köpçilik ötolmagandan keyin, öz-özidan eʼtirozlar ham köp bölişi mumkinligini taxmin qilgandik. Balki şuning uçun bölsa kerak, YHXBB oldindan bir neça bor ogohlantiriş berib qöymoqda. Ertaga odamlar orasida «nimaga bizga bu haqda aytmagandinglar, bilganimizda öqigan bölardik» degan eʼtirozlar paydo bölmasligi uçun.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 26


