Talabani kontrakt to‘lamagani uchun imtihonga kiritmaslik
❓Kontraktni 100% tölamading, deb yakuniy nazoratga kiritmaslik mumkinmi?
Bugungi kunda talabalardan tölov-kontrakt masalasida köplab savollar kelib tuşmoqda. Jumladan, ayrim OTMlar talabalardan kontrakt pulini 1-iyunga qadar 100% tölaşni talab qilayotgani, agar tölamasa yakuniy nazoratlarga kiritilmasligini aytişayotgani, bu qançalik töğri ekanligini söraşmoqda.
❗️Bu - notöğri!
2020/2021 öquv yilidan boşlab oliy taʼlim muassasalarida tölov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar öqiş uçun tölovlarni teng uluşlarda tört bölib tölaşga ruxsat berildi.
Bunda kontrakt miqdorining 100 foizini 1-iyulgaça yoki OTM rektorlari tomonidan uzaytirilgan muddatlargaça tölaş huquqi belgilandi.
Şundan kelib çiqilsa, 1-aprelga qadar kontraktining kamida 75%ini tölagan talabalar qolgan 25%ini 1-iyulgaça tölaşi mumkin. OTMlar öz talabalaridan kontrakt miqdorini vaqtliroq amalga oşirişlarini söraşi, tarğib qilişi mumkin, ammo buni talab qilib, tölamagani uçun turli körinişdagi jazo çoralari (masalan, imtihonga kiritmaslik) belgilaş mumkin emas.
💬 Agar qaysidir OTMda ana şunday talab qöyilayotgan bölsa, izohlarda yozib qoldirişingizni sörayman. Biz albatta notöğri talab qöyayotgan OTM haqida vazirlikka yetkazamiz hamda muammoni bartaraf etişga harakat qilamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 6

