Minimal isteʼmol xarajatlari 440 ming söm etib belgilandi

Foto31-may, 2021, 12:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Dastlabki hisob-kitoblarga köra, Özbekistonda minimal isteʼmol xarajatlarining miqdori kişi boşiga bir oyda 440 ming söm miqdorida çiqibdi.

Bu miqdorni kim belgilagan?

Uşbu raqam respublikaning har bir hududidan tanlab olingan fuqarolarning sarflagan xarajatlaridan kelib çiqqan. Yaʼni buni kimdir belgilamagan, balki tadqiqotlar natijasida kelib çiqqan.

Bu miqdor hammaga taalluqlimi?

Yöq. Kişi boşiga bir oyga 440 ming sömlik xarajat bu MINIMAL, yaʼni eng kam miqdori hisoblanadi. Bu miqdor faqat eng kambağal qatlamning eng kam xarajatlari miqdoridir. Bu miqdor masalan menga taalluqli emas. Balki sizga ham taalluqli emasdir.

Bu nima degani?

Agar biror oilada kişi boşiga bir oyda 440 ming sömdan kam pul topilsa, demak öşa oila öta noçor va iqtisodiy inqiroz holatida hisoblanadi. Masalan, bir oilada 4 kişi bölsa (eru xotin va 2 farzand), öşa oila oyiga 1 mln 760 ming sömdan kam pul topayotgan bölsa, demak öşa oila inqiroz holatida deb qabul qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek