Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Gul eksporti va ikki xil statistika örtasidagi tafovut

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Manba:davletovuz

Gul eksporti va ikki xil statistika

Özbekiston Davlat statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, ötgan 9 oy mobaynida Qirğiz Respublikasiga 19,5 mln. dollarlik atirgul eksport qilgan. Qirğiziston Davlat statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2020-yilning 8 oyida Özbekistonda jami 815 ming dollarlik daraxt va boşqa ösimliklar, ildizlar va şunga öxşaş ösimlik qismlari, uzilgan gullar va dekorativ ösimliklar import qilingan. Yaʼni, bu röyxatda atirgullar importi 815 ming dollardan ham kamroq.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning fikriça, eksport deyilayotgan bu jarayon asosan qirğizistonlik norezident jismoniy şaxslar iştirokidagi naqd valyuta kirimi va çiqimidan iborat, xolos. Bunday aldamçi statistika paydo bölişida mahalliy rahbarlarning eksport rejasini xaspöşlaşi, eksport rejasini bajariş zimmasiga yuklangan tadbirkorlar, manfaatdor spekulyantlar qöli bor.

Özbekiston statistikasiga köra, 2020-yil yanvar-avgust oylarida Qirğizistonga 479 mln.dollarlik eksport amalga oşirilgan. Qirğiziston statistikasiga köra esa, 2020-yil yanvar-avgust oylarida Özbekistondan 115 mln.dollarlik import qilingan. Farq 3 barobardan köp yoki 364 mln dollarni taşkil etadi.

P.S.: Aqlga siğmas darajada katta tafovut. Öylaymizki, mutasaddilar buni statistikani hisoblaş metodikasi bilan boğlamaydi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek