Prezident Ukrainadagi vaziyat oqibatlarini yumşatişga topşiriq berdi
❗️Şavkat Mirziyoyev Ukrainadagi vaziyat tufayli vujudga kelişi mumkin bölgan barça salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumşatiş böyiça topşiriq berdi
Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.
Davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasiga Özbekistonning asosiy savdo hamkorlari bölgan ayrim mamlakatlarda yuzaga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, vujudga kelişi mumkin bölgan barça salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumşatiş böyiça respublikamizning har bir tarmoği va hududi kesimida aniq çora-tadbirlarning batafsil Rejasini işlab çiqişga topşiriq berdi.
Moliya tizimining barqarorligi, korxonalarning uzluksiz işlaşi va rejalaştirilgan investitsiya loyihalari öz vaqtida amalga oşirilişini taʼminlaş vazifalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tarmoq va hududlar rahbarlari oldiga transport-logistika tarmoğining işonçli faoliyatini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar köriş, bunda eksport geografiyasi yanada diversifikatsiya qilinişini ham hisobga oliş vazifasi qöyildi.
Viloyatlar hokimlariga aholini ijtimoiy himoya qiliş işlarini kuçaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş va işsiz aholi bandligini taʼminlaşni jadallaştiriş, şuningdek, inflyatsiya darajasini doimiy monitoring qiliş va isteʼmol bozorida narxlarning keskin tebranişlariga yöl qöymaslik böyiça avvaldan çora köriş zarurligi alohida körsatib ötildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1341


