Özbekistondagi eng ommabop yengil avtomobillar röyxati
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganNegadir Özbekistonda UzAutoMotors avtomobillarini köp sotib olişar ekan. Qiziq fakt, şunday emasmi?
Davlat statistika qömitasining maʼlumotlariga köra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga Özbekiston böyiça jismoniy şaxslarga tegişli bölgan eng ommalaşgan yengil avtomobillar soni quyidagiça:
✅ Nexia - 637 547 dona;
✅ Damas - 429 404 dona;
✅ Matiz - 288 685 dona;
✅ Lacetti - 282 929 dona;
✅ Cobalt - 267 948 dona.
Yuqoridagi röyxatga qarar ekanmiz, qiziq faktni körişimiz mumkin. Negadir özbekistonliklar asosan UzAutoMotors (GM) kompaniyasi maşinalarini sotib olişar ekan. Boşqa brendlar, masalan, Hyundai, Toyota, BMW, Mercedes, KIA, Volkswagen, Ford, Şkoda va boşqa markadagi avtomobillarni unçalik xuşlamas ekan. Qiziq, buning sababi nima ekan-a? Nega boşqa maşinalarni sotib olmaymiz?
❗️Menimça, buning sababi bitta: GM maşinalari ham sifati, ham narxi böyiça butun özbekistonliklarning könglidan joy egallagan, öşaning uçun ham bu maşinalar xalqimizning eng sevimli uloviga aylanib ulgurgan. Qolgan kompaniyalarga esa uyat, soğlom raqobatda yutqazib qöyişmoqda. Qanday işlaşni UzAutoMotors'dan örganişsa bölardi, şunday emasmi?
👉 @xushnudbek 👈
