Ispaniya 4 kunlik iş haftasini joriy qilmoqçi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Ispaniya 4 kunlik iş haftasini joriy qilmoqçi. Bu iş haqiga taʼsir qilmaydi
Mamlakatda 1 haftada 3 kunni dam oliş qilib, işni 32 soatga tuşiriş rejalaştirilyapti. Hozir sinov 3000–6000 xodim işlaydigan 200ga yaqin kompaniyada ötkazilyapti, - demoqda XPress.
Tajriba 3 yil davom etadi. Birinçi yilda kompaniyalar zararining 100 foiz, ikkinçi yil 50, uçinçi yilda esa 33 foizini davlat qoplab beradi. Tajriba özini oqlasa, butun Ispaniya 4 kunlik iş haftasiga ötişi mumkin.
Bu bilan iş sifati, xodimlar ruhiy salomatligini yaxşilaş közda tutilgan. Işçilarning 1 kun kam işga borişi iqlim özgarişiga qarşi kuraşda yordam berişi aytilmoqda.
P.S.: Özbekiston ham şu kabi işlarni boşlasa yaxşi bölardi. Yaʼni boşlanişiga dam oliş kunlari işga çiqmaydigan qilib, xodimlarni, ayniqsa minglab davlat xizmatçilarini heç bölmasa, ana boring soat 20:00-da (18:00 desam fantastika bölsa kerak) ketadigan qila olsak ham, katta yutuq bölardiyov. Aytmoqçimanki, xodimlarga qanaqadir yengillik ham şartmas, şunçaki Mehnat kodeksiga amal qilişni örganvolsak, döppimizni osmonga otardik.
👉 @xushnudbek 👈