Neksiya narxi va bozordagi monopoliya haqida

Matn9-mart, 2020, 22:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

"Neksiya" narxi 1 mlrd söm bölişiga ham roziman, faqat...

Bu yerda monopoliyaning yomonligi haqida uzundan-uzun post yoxud ğazab, nafrat va kinoyaga töla «dil izhorlari» bölişi mumkin edi. Ammo u bölmaydi. Çunki bu befoyda. Şunçaki heç qanaqa foydasi yöq.

Yaramas monopoliya yomonligi esa, har kuni quyoş çiqişi kabi isbot talab qilmaydigan haqiqat.

Aslida bozor şaroitlaridan kelib çiqib, biror talabgor maşina yoki boşqa mahsulotning narxi oşişi mumkin, bunaqasi uçrab turadi. Ammo gap narxning oşiş yoki oşmasligida emas, gap xalq özi yoqtirmagan, özi xohlamagan va özi tanlamagan maşinani sotib olişga majburligida. Yoki teskarisi xalq özi yoqtirgan, özi xohlagan va özi tanlagan maşinani oddiy bozor narxida sotib ololmasligida.

Asosiy masala şunda. Bozorni erkin qilib, xalq uçun tanlov imkoniyatini bering-da, keyin istasangiz "Neksiya" uçun 1 mlrd söm narx qöying, bizga farqi yöq. Birov ğing demaydi. Şikoyat ham qilmaydi. Norozi ham bölmaydi.

Afsuski hali-beri bunaqa bölmaydi. Hali-beri...

P.S.: avtobirbalo nomli "foizsiz (yoki arzon) kredit beramiz" deydigan firibgarlarning yana kuni tuğdi, odamlar tavakkal qilib, şularga işonib körişga majbur böladi. Keyin esa yana xalqning özini soddalikda ayblab bong uramiz. Ajoyib.

P.S.-2: baribir uzun bölib ketdi, qisqa yozib bölmasakan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 😱 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek