YEXHT davlatlarni Özbekiston izidan borişga çaqirdi
⚡️YEXHT tuhmat va haqorat uçun jinoiy javobgarlik masalasida mintaqadagi barça davlatlarni Özbekiston izidan borişga çaqirdi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YEXHT)ning OAV erkinligi masalalari böyiça vakilligi ofisining rasmiy saytida joriy yilning 5-6-mart kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan II Markaziy Osiyo sudyalar muloqoti natijalari böyiça press-reliz eʼlon qilindi.
https://www.osce.org/representative-on-freedom-of-media/448045
Uşbu çiqişda YEXHTning OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Arlem Dezir mamlakatimizda söz erkinligini taʼminlaş sohasida amalga oşirilayotgan işlarni qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Xususan, A.Dezir Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum qiliş tarzidagi jazoni bekor qiliş böyiça yangi qonunni qabul qilişini, şuningdek blogerlarga jurnalistlarga beriladigan huquqlar berilişini olqişlagan. U uşbu masalada mintaqadagi boşqa davlatlarni ham Özbekistondan namuna olişga çaqirgan.
Qolaversa, YEXHTning maxsus vakili A.Dezir Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik Kengaşiga Samarqandda Markaziy Osiyo sudyalarining muloqotiga keng maydon yaratib bergani uçun minnatdorlik bildirgan.
P.S.: YEXHTning uşbu bayonoti Özbekistonning söz erkinligi borasidagi faoliyatiga yuksak baho hisoblanadi, boşqa davlatlarni ham örnak olişga çaqiriş holati kamdan-kam böladi.
👉 @xushnudbek 👈
