YEXHT missiyasi Özbekistondagi saylovlar haqida fikr bildirdi
«Biz blogerlarni öqidik»
YEXHT DIIHB saylov kuzatuvçilari missiyasi rahbari Tana de Zuluyeta matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib ötdi:
«Özbekistondagi joriy yilgi saylovlarda uçta yangi ruh (novella) bizni quvontirdi:
Birinçidan, Özbekiston hamkorlik siyosatini tanladi. Yaʼni biz uşbu saylovlar böyiça salkam 1 yildan buyon turli doiralarda muhokamalar olib bordik. Xalqaro standartlardan kelib çiqib mutlaqo yangilangan Saylov kodeksida bizning takliflarimiz inobatga olindi.
Ikkinçidan, saylov jarayonida saylovçilarning yagona elektron bazasi işga tuşirildi. Bu ham katta qadam böldi. Lekin kelgusida uşbu tizim amaliyotga tölaqonli joriy etilişini istar edik.
Uçinçidan, söz erkinligi dajarasi yuqorilaganini his qildik. Mustaqil fikrlaydiganlar soni ösmoqda, odamlarda erkinlik hissi paydo bölgan, bu quvonarli holdir. Ayniqsa, blogerlarni alohida öqib bordik, kuzatdik.
Uşbu uçta jihat biz uçun haqiqiy novella böldi.
Ammo kamçiliklar ham yöq emas, xususan jiddiy kamçiliklarni ham kuzatdik. Ularni batafsil öz hisobotimizda qayd etamiz. Qisqa qilib aytadigan bölsak, bir kişi bir neçta kişining örniga ovoz beriş holatlari biz borgan deyarli barça saylov uçastkasida kuzatildi. Tuşunamiz, bu öziga xos odatga aylanib qolgan, lekin baribir bu qonunga zid.
Şuningdek, şaxsni tasdiqlovçi hujjatni körsatmasa ham ovoz berişga ruxsat beriş holatlari uçradi. Bundan taşqari ovozlarni sanaş jarayonida saylov qonunçiligidagi protsessual tartiblarga rioya qilinmagani, ovozlarni qayta sanab çiqilmagani, ayrim uçastkalarda ovozlarni sanaş jarayonida xavfsizlik inobatga olinmagani kabi kamçiliklarni ham kuzatdik».
«Biz har bir fuqaro bu ularning tanlovi, ularning saylovi ekanligini his qilişlarini, befarq bölmasliklarini istar edik», - deya qöşimça qildi Zuluyeta xonim.
👉 @xushnudbek 👈

