Xushnudbek ayollarni bayram bilan tabrikladi
Barça mötabar onajonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, gözallikda tengsiz qizlarimizni bayramlari bilan tabriklayman! 🌸🌺🌷💐
Baxtimizga har doim soğ-omon bölişlaringizni tilayman.
Yaxşiyam baxtimizga Sizlar borsizlar!
Onda-sonda şeʼr maşq qilib turadigan bir ğalati odatim bor (3-4 yildan buyon yozmay ham qöydim) 🙈 Ayollar haqida bir neça yillar oldin yozilgan kamtarona şeʼrim bor ekan, arxivdan çiqib qoldi. Ruxsat bersangiz, şuni sovğa sifatida qabul qilgaysiz.
AYOL
Ayolsiz tong otmas, kelmaydi nahor,
Ayolsiz kuz-qişing bölmaydi bahor.
Ayolsiz befoyda yaşaş ham, çunki
Yuraksiz hayotdan nima maʼni bor?
Gulsiz jozibali bölmagandek boğ,
Toşsiz salobatli bölmagandek toğ,
Qoşsiz bölmagandek, heç qaçon qaboğ,
Ayolsiz dunyoning borligi bekor!
Köz tuşganda hatto oy ham uyalsa,
Majnuntol hasaddan soçlarin yulsa,
Tan oling!
Tan oling, ozgina vijdoniz bölsa,
Ayolsiz gözallik bölmaydi zinhor!
Onang sevgisi, bu - tengi yöq sehr,
Opa-singillaring hamrohi mehr,
U jufti haloling, yöldoşing axir,
Ayolsiz bölgaysan muhabbatga zor!
Şirin sözlaringni qizğonmay sözla,
Ularga baxt beriş maqsadin közla,
Oyoğin ostidan JANNATni izla,
Ayolsiz jannat ham közlaringa tor!
Vafo römolini böyniga boylab,
Kutişga tayyordir haftalab, oylab,
Bizni balolardan yurganda poylab.
Ayolsiz işingda bölmagay baror.
Yetti ölçab tuzar, barça rejani,
Sanaydi har doim kuzda jöjani,
Devor bölsa hamki, körar köçani,
Ayolsiz naf bermas qilingan qaror!
Tilayman Ollohdan sizni qöllaşni,
Köngilda baxtingiz mangu gullaşni,
Xuşnud burç deb bildi tabrik yöllaşni,
Ayolsiz bitilmas edi bu aşʼor!
(2011 y)
👉 @xushnudbek 👈

