Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Xushnudbek Xudoyberdiyev ayollarni bayram bilan tabrikladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

​​Barça mötabar onajonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, gözallikda tengsiz qizlarimizni bayramlari bilan tabriklayman! 🌸🌺🌷💐

Baxtimizga har doim soğ-omon bölişlaringizni tilayman.

Köp yillar avval şeʼrga öxşagan bir narsalar maşq qilib turadigan bir ğalati odatim bor edi 🙈 Ança böldi, bu odatim yöqoldi.

Öşa paytlarda ayollar haqida yozilgan şeʼrimni arxivdan olib, Sizlarga ham ilindim. Ruxsat bersangiz, şuni sovğa sifatida qabul qilgaysiz.

AYOL

Ayolsiz tong otmas, kelmaydi nahor,
Ayolsiz kuz-qişing bölmaydi bahor.
Ayolsiz befoyda, yaşaş ham, çunki
Yuraksiz hayotdan nima maʼni bor?

Gulsiz jozibali bölmagandek boğ,
Toşsiz salobatli bölmagandek toğ,
Qoşsiz bölmagandek, heç qaçon qaboğ,
Ayolsiz dunyoning borligi bekor!

Onang sevgisi, bu - tengi yöq sehr,
Opa-singillaring hamrohi mehr,
U jufti haloling, yöldoşing axir,
Ayolsiz bölgaysan muhabbatga zor!

Şirin sözlaringni qizğonmay sözla,
Ularga baxt beriş maqsadin közla,
Oyoğin ostidan JANNATni izla,
Ayolsiz jannat ham közlaringa tor!

Vafo römolini böyniga boylab,
Kutişga tayyordir haftalab, oylab,
Bizni balolardan yurganda poylab.
Ayolsiz işingda bölmagay baror.

Yetti ölçab tuzar, barça rejani,
Sanaydi har doim kuzda jöjani,
Devor bölsa hamki, körar köçani,
Ayolsiz naf bermas qilingan qaror!

Tilayman Allohdan sizni qöllaşni,
Köngilda baxtingiz mangu gullaşni,
Xuşnud burç deb bildi tabrik yöllaşni,
Ayolsiz bitilmas edi bu aşʼor!

(2011 y)

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek