Jurnalist va blogerlarning izohlar uçun javobgarligi
Keçagi uçraşuv haqida
Keça Komil Allamjonovning taklifiga binoan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bir guruh (60 dan oşiq edi, adaşmasam) jurnalist va blogerlar bilan uçraşuv bölib ötdi. Asosiy masala, agentlikning keçagi bayonoti muhokamasi böldi (baʼzi mavzuga mutlaqo aloqasiz savollar va fikrlarni inobatga olmaganda).
Uçraşuvda men ham öz fikrimni bildirdim. Fikrimning asosiy xulosalari quyidagiça:
Birinçidan, tuhmat, haqorat va qonunga xilof boşqa mazmundagi materiallarni eʼlon qiliş mumkin emas, bunga hamma jurnalistlar ham, blogerlar ham birdek qöşiladi, heç kim eʼtiroz bildirmasa kerak;
Ikkinçidan, OAV hamda blogerlar sahifalarida özgalar tomonidan qoldirilayotgan izohlar uçun javobgar bölmaydi. Bu qonunçilikda körsatilmagan. Hamma özining aytgan gapi uçun javob beradi;
Uçinçidan, agar agentlik, huquqni muhofaza qiluvçi organlar yoki oddiy fuqarolar tomonidan terrorizm, diniy ekstremizm, milliy, etnik separatizm, haqorat yoki tuhmat va h.k. izohlar qoldirilgani haqida OAV hamda blogerlar rasman ogohlantirilsa, bunday taqdirda uşbu izohlar öçirilişi kerak;
Törtinçidan, rasmiy ogohlantiriş berilgandan keyin ham OAV yoki blogerlar öşa izohlarni köra bila turib öçirmagan bölsa, ana şundagina tegişli çora körilişi mumkin;
Beşinçidan, izohlarning qoldirilgan muddati muhim emas, ogohlantirişning berilgan muddati muhim. Masalan, ogohlantiriş bugun kelganu, aslida öşa terrorizmga oid izoh 1 yil oldin qoldirilgan bölsa, unda OAV yoki blogerlarga “nima uçun 1 yildan buyon öçirmading” deya zuğum qiliş mumkin emas. Ogohlantiriş bugun kelganmi, demak ana şu sanadan boşlab hisoblanadi;
Oltinçidan, OAV hamda blogerlar ogohlantiriş kelganda barça izohlarni öçirişga majbur emas. Agar ular körsatilgan izohda qonunga xilof maʼlumot bor deb hisoblamasa, unda rad qilişi ham mumkin. Bunday vaziyatda iş sudda körib çiqiladi. Faqat sudning qarori majburiy xarakterga ega. Ammo bir narsani unutmaslik kerakki, agar sud öşa izohni qonunga xilof va jinoyat deb topsa, unda OAV yoki blogerlar jinoyatni öz vaqtida bartaraf etmaganligi sababli, birgalikda javobgarlikka tortilişi ham mumkin. Tavakkal qilişdan oldin yaxşilab öylaş kerak;
Yettinçidan, OAV yoki blogerlarga kiritilgan ogohlantirişlar soni salbiy xulosa uçun asos bölmaydi. Masalan, yil davomida qonunga xilof izohlarni öçirişni sörab, «KunUz»ga 800 ta, «DaryoUz»ga 500 ta, «GazetaUz»ga 100 ta ogohlantiriş kiritilgan bölsa, bu raqamlar naşrlarning yaxşi yoki yomonligini anglatmaydi, şunçaki bu muştariylar soni va faolligiga boğliq xolos;
Sakkizinçidan, qonunga xilof izohlarni öçirişdan boş tortgan OAV yoki blogerlarning statistikasigina salbiylik sifatida baholanişi mumkin. Misol uçun, kiritilgan 100 ta ogohlantirişning 40 tasini bajarişdan boş tortdi, şundan 38 tasida sudda yutqazdi. Demak, 38 ta holatda ogohlantirişlarni asossiz rad qilib, jinoyatga zamin yaratgan, deyilsagina öşa OAV yoki bloger faoliyatiga salbiy baho sifatida qaraş mumkin.
Töqqizinçidan, iltimos, hurmatli muştariylar, izohlar qoldirayotganda Sizlar ham masʼuliyatni his qilib, özgalarning şaʼni va qadr-qimmatini oçiq-oydin buzadigan, tuhmatga moyil fikrlar qoldirmasangiz. Ammo bu - aslo söz erkinligini böğiş emas, qonun doirasidagi har qanday tanqidiy va tahliliy fikrlaringizni doimo qöllab-quvvatlayman.
Hurmat bilan,
huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
👉 @xushnudbek 👈
