OAV va blogerlarning izohlar uçun javobgarligi belgilandi

Matn24-dekabr, 2020, 19:512 daqiqa0 koʻrish

Ijtimoiy tarmoqlardagi qonunga zid izohlarga oid qaror loyihasi OAV va blogerlarning takliflarini inobatga olib qabul qilindi

Yodingizda bölsa, ötgan yili "endi OAV va blogerlar qoldirilgan kommentlar uçun ham javobgar böladi" degan xabarlar tarqalgan va bu juda katta muhokamalarga sabab bölgandi.

Bu böyiça özim ham kanalimda munosabat bildirgandim (1, 2).

Şundan söng, AOKAda 60 dan ortiq jurnalist va blogerlarni yiğib, mazkur qaror loyihasi muhokama qilingan edi. Uçraşuvda media soha vakillari bir qator takliflarini va bu qaror böyiça özlarining xavotirlarini bildirişgandi.

Olingan maʼlumotlarga köra, öşa loyiha 23-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining 807-sonli qarori bilan tasdiqlanibdi, aniqroği mavjud qarorga tegişli özgariş kiritilibdi.

Qarorda nimalar nazarda tutilmoqda?

Eng avvalo, muştariylar tomonidan qoldirilgan komment uçun OAV va blogerlar javobgar böladi, degan qoida yöq. Gap faqat Özbekiston qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotlarni olib taşlaş töğrisida xabarnoma yuboriş haqida ketmoqda.

Xabarnoma yuboriş tartibi qanday böladi?

➖ aytaylik qaysidir OAV yoki blogerning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga kimdir qonunga zid kommentariy (terrorizm, diniy yoki milliy adovat, jinoyatçilikka daʼvat, haqorat va şu kabilarga oid) qoldirdi;

➖ agar kommentlar juda köp bölsa, buni OAV yoki bloger doimiy nazorat qila olmaydi. Şu sababli körmay qolgan kommenti uçun javob bermaydi. Bu mantiqan ham töğri.

➖ bunday kommentni AOKAning Monitoring markazi aniqlasa, unda OAV yoki blogerga elektron ravişda skrinşotlari bilan xabarnoma yuboradi.

➖ unda OAV yoki blogerdan xabarnomani olgandan keyin (izoh qoldirilgandan keyin emas) 24 soat içida öşa kommentni öçiriş söraladi.

➖ OAV yoki bloger öşa kommentni öçiradi.

➖Ammo bir muhim joyi, mazkur xabarnoma OAV yoki blogerga albatta öşa kommentni öçiriş majburiyatini yuklamaydi. Bu öz nomi bilan xabarnoma xolos. Yaʼni xohlasa öçiradi, agar xohlasa, aniqroq aytganda bu komment qonunga zid emas, deb hisoblasa, öçirmasligi ham mumkin. Unda nima böladi? Unda AOKA agar lozim topsa, sudga murojaat qilişi mumkin.

❗️Körib turganingizdek, öçiriş majburiyatini faqat sud belgilay oladi. Boşqa organlar emas. Huquqiy davlatlarda faqat sud oxirgi sözni aytişi kerak va bu qoida mazkur qarorda ham aks etgani quvonarli.

Şu mavzu böyiça avval ham aytgandim, menimça, özini hurmat qilgan OAV yoki blogerlar şundoq ham qonunga zid materiallarni, izohlarni eʼlon qiliş mumkin emasligini yaxşi bilişadi va buni körgan zahoti heç bir xabarnomasiz ham öçirişadi. Çunki söz erkinligi - bu qonun doirasida istalgan fikrni ayta oliş degani, qonunni va özgalar huquqlarini buzgan holda aytilgan sözlar, erkinlik bölmasa kerak. IMXO.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek