O'zbekiston 24 aybsizlik prezumpsiyasini chetlab o'tyapti

Matn6-fevral, 2019, 20:542 daqiqa0 koʻrish

​​«O'zbekiston 24» aybsizlik prezumpsiyasini çetlab ötyapti

Kun.uz naşrida biroz avval şu nomdagi maqola eʼlon qilindi. Unda aytilişiça, «O'zbekiston 24» telekanali huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tayyorlangan lavhada mamlakat qonunçiligida belgilagan aybsizlik prezumpsiyasini çetlab ötgan.

«Beli oğrimasdan non yeyişni, öğrilik ortidan daromad topişni kasb qilib olganlardan biri H.D.dir (telekanal ayblanuvçining ismi-şarifini töliq taʼkidlagan — tahr.)», —deb boşlanadi lavha.

O'zbekiston 24 muxbirlari hali sud qarori bilan şaxsning jinoyati tasdiqlanmay, H.D.ning barça şaxsiy maʼlumotlari va yuz körinişini efir orqali ommaga körsatgan holda uni jinoyat sodir etganini tasdiqlagan.

Boş prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonovaning Kun.uz'ga maʼlum qilişiça, H.D.ga nisbatan 2018-yil​ 28-dekabrda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «​a»​ bandi, 227-moddasi 2-qismi «​a»​ bandlari bilan ayblov eʼlon qilingan va unga nisbatan ​yuritilgan jinoyat işi ötgan yilning 29-dekabr kuni sudga yuborilgan.

Kun.uz naşri Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov bilan ham boğlangan, uning aytişiça, H.D.​ işi böyiça sud yakuniy qaroriga kelmagan va sud işi hali davom etmoqda. Yaʼni H.D.​ harakatlari yuzasidan kuçga kirgan sud hukmi mavjud emas.

«Jinoyat-protsessual kodeksiga köra, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi uning jinoyat sodir etişda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuçga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Yaʼni har kim, jumladan OAV ham aybsizlik prezumpsiyasi tamoyiliga qatʼiy amal qilişga majbur», - deyiladi maqolada.

P.S.: Maqolada aytilgan fikrlarga töliq qöşilaman. Aybsizlik prezumpsiyasiga amal qiliş haqida avvallari ham bir neça bor yozgan edim. Şaxsning qadr-qimmati hamma narsadan ustun. Sal qonunlarni va insonlar şaʼnini hurmat qilişni örgansak yomon bölmasdi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek