Davlat taşkilotlari va OAV örtasidagi sud tortişuvlari
Ikkinçi va törtinçi hokimiyatning uçinçi hokimiyatdagi tortişuvi haqida
Ommaviy axborot vositasi daxlsiz emas. Birorta milliy qonunda yoki xalqaro hujjatda davlat taşkiloti OAVni sudga berişi mumkin emas, degan joyi yöq. Buni jurnalistlarning özi «söz erkinligiga qarşi kuraşiş» deb börttirib qabul qilişadi köpinça.
Agar OAV tegişli qonunçilikni buzsa, axborot tarqatişdagi qonun bilan belgilangan majburiyatlarini bajarmasa, uni ham sudga beriş mumkin.
«Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonunning 34-moddasiga köra, yuridik yoki jismoniy şaxs ommaviy axborot vositasida eʼlon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda özining şaʼni va qadr-qimmati yoki işçanlik obrösini tahqirlovçi maʼlumotlar uçun raddiya berişni tahririyatdan talab qilişga haqlidir.
OAV raddiyani, javobni eʼlon qilişdan böyin tovlasa yoxud ularni eʼlon qiliş uçun belgilab qöyilgan muddatni buzsa, yuridik yoki jismoniy şaxs daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilişga haqlidir.
Qolgan gaplarni esa keça gapirib ötdim, davlat taşkiloti darrov sudga yugurmasdan, avvalo raddiya berişi kerak. Sudga esa öta favqulodda vaziyatlardagina murojaat qiliş sal mantiqiy qaror böladi.
Bundan taşqari xalq pulidan faoliyat yuritadigan davlat taşkiloti OAVdan bir neça yuz million söm talab qilişi ham öta kulgili.
Xorijda (xususan, AQŞda) davlat taşkiloti OAVni kamdan kam sudga berişining asosiy sababi, odatda ular sudda yutib çiqa olmaydi. Agar mabodo OAVda biror faktni notöğri yozişgan bölsa ham, sudlar «davlat taşkiloti jamoatçilikni yetarli maʼlumotlar bilan taʼminlamagani uçun ham mana şunday maqola çiqişiga sabab bölgan» degan xulosani berişadi. Yaʼni oçiqlik va şaffoflikni taʼminlamagansan, deya aybni davlat taşkilotining öziga ağdaradi köpinça. Şuni bilgani uçun ham davlat taşkilotlari OAV bilan sudlaşib ötirmaydi.
Xulosa qilsam, menimça, xorijda ham davlat taşkiloti OAVni sudga berişi fojia sifatida qaralmaydi, ammo OAVning davlat taşkilotidan sudda yutqazişi haqiqiy şov-şuv va fojiaga aylanadi.
Keça yozganimdek, odatda davlat taşkilotlari emas, balki uning rahbarlari jismoniy şaxs sifatida şaʼni va qadr-qimmatini himoya qilib OAVni sudga beradi. Masalan, Ukraina Prezidenti Petr Poroşenko tuhmat uçun BBC naşrini London oliy sudiga bergan va yutib çiqqan. BBC esa öz sayti orqali uzr sörab çiqqan hamda Poroşenkoga 160 ming funt sterling kompensatsiya tölagan. Lekin muhim tomoni Poroşenko davlat rahbari sifatida emas, jismoniy şaxs sifatida sudga bergan edi.
Bizni aqlli deb hisoblayotgan jurnalistlarga rahmat.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


