DTM jurnalistdan 200 million so'm undirmoqchi

Matn19-dekabr, 2019, 23:463 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​DTM matbuot anjumanida bergan savoli uçun jurnalistdan 200 mln söm undirmoqçi

Tasavvur qiling, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bölmoqda. Bir jurnalist savol berdi. Bir vazirlik vakili esa javob berdi. Keyinçalik umuman boşqa bir davlat taşkiloti matbuot anjumanida savol bergan insonni sudga berdi. Qançalik ajablanarli bölmasin, şunaqasi ham mumkin ekan.

Davlat test markazi Gazeta.uz naşri hamda matbuot anjumanida naşr nomidan savol bergan kolumnist Komil Jalilovni sudga beribdi. DTMning taʼkidlaşiça, matbuot anjumanida berilgan savolda test savoli notöğri emiş.

«OAVni sudga berib bölmaydi, OAVni sudga bergan davlat taşkiloti tugatilsin» demoqçi emasman. OAVni ham sudga beriş mumkin va bu juda unaqa yomon iş emas. Telefon yoki boşqa yöllar bilan bosim qilgandan köra, bu öta demokratik yöl. Kim haq bölsa, sudda yutib çiqsin.

Ammo davlat taşkiloti OAVni faqat öta favqulodda vaziyatlardagina sudga berişi kerak. Yaʼni sudga berişga sabab bölgan holat öta oğir oqibatlarni keltirib çiqargan bölişi lozim. Qolgan vaziyatlarda şunçaki naşr bilan boğlanib, raddiya berişni söraşi yoki öz rasmiy sahifalarida munosabat bildirişi kerak.

Xöp, matbuot anjumanida berilgan savol notöğri bölgan deylik, balo bormi sudga berib? Öşa savol hamda saytdagi xabar bilan DTM portlab ketdimi yoki öta oğir vaziyatga tuşib qoldimi? Eʼtiroz bildirilayotgan xabarni saytda atigi 7 ming kişi öqigan ekan xolos. Şunga sudlaşiş kerakmi?

Sud xarajatlari, uzoq davom etadigan sud jarayonlarida DTMdan qatnaşadigan vakillarning iş haqi, transport xarajatlari va h.k. çiqimlarning özi sudga beriş foydadan köra zarar ekanligini anglatmaydimi? Albatta, DTM bularni öylamaydi, çunki davlat byudjetidan hamda abituriyentlardan olinadigan tölovlardan, yaʼni xalq pulidan kun köradi.

Şuningdek, davlat taşkilotining OAVdan maʼnaviy zarar söraşiniku mutlaqo hazm qilib bölmaydi. Bu öta kulgili va şarmandali holat. Yana qaytaraman, özi xalq pulidan kun körsanglar, yana xalqdan maʼnaviy zarar undirişni talab qilişga uyalmaysizlarmi? DTM tijorat taşkiloti emasku, OAVda çiqqan xabar tufayli foydadan quruq qolgan bölsa.

Xorijda davlat taşkilotlari OAVni sudga bersa (bunaqasi kam uçraydi), ramziy 1 dollar talab qiladi. Çunki davlat taşkilotining maqsadi sud orqali faqat haqiqatni aniqlaştiriş böladi, xalqdan pul şiliş emas.

Agar davlat taşkilotining rahbari yoki biror vakilining şaʼni va qadr-qimmati toptalgan bölsa, unda öşa mansabdor taşkilot nomidan emas, öz nomidan sudga bersa hamda maʼnaviy zarar talab qilsa, töğri tuşuniş mumkin. Ammo rasman davlat taşkiloti nomidan OAVdan 200 mln söm talab qilsa, bu şarmandalik!!!

Uyaling, Majit Karimov, uyaling...

Sözim söngida Gazeta.uz hamda uning kolumnisti Komil Jalilovga sud jarayonlarida huquqşunos sifatida beminnat yordam berişga tayyorligimni bildirmoqçiman. DTM bilan sudlaşiş böyiça kamtarona tajribam bor. Ular ötgan yili Kun.uz naşrini ham öta kulgili asoslar bilan sudga berişgan va 50 mln söm maʼnaviy zarar söraşgandi. Öşanda sudda Kun.uz nomidan vakil bölib qatnaşgandim. Sud yakuni böyiça DTM bir tiyin ham ololmagan.

Avval 50 mln söm edi, endi 200 mln sömga çiqibdi. Yomon emas. Ösiş bor. Balki kelgusida 1 mlrd sömgaça çiqarsizlar, a, labbay? Abituriyentlardan hujjat topşirganlik uçun olayotgan milliardlaringiz kamlik qilyaptimi deyman?

P.S.: vey, DTM direktoriga sudga beriş töğrisida kim aql örgatyapti bilmadimu, lekin arzimagan vaj uçun OAV bilan sudlaşib yurgungaça, oldingizda turgan minglab muammolarni hal qilsanglar bölmaydimi? Mana, 2019-yil tugadi, lekin haligaça kelgusi yilda qaysi yönalişda qaysi fanlardan savollar tuşişi aniq emas.

Yoki ötgan yilgi testlarda telefon aloqasini tutadigan qurilmalar işlagani yöq, abituriyentlar test payti bemalol internetda ötirişdi. Sinaş uçun özim pavilyonlarga borib, tekşirib körganimda ham içkarida telefonim işlaganini yaxşi bilasizlar.

OAV va jurnalistlar bilan sudlaşgunça, asosiy vazifalaringizni qilsangiz bölmaydimi?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek