Talabalar turar joylari yopilişiga munosabat bildirildi
Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi talabalar turar joyi masalasi böyiça tezkor munosabat bildirdi:
"Talabalar turar joyidan heç kim sababsiz çiqarib yuborilmaydi
2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargaça oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey hamda professional taʼlim muassasalari öquvçilari qişki taʼtilga çiqişadi.
Qişki taʼtil muddati talabalarga konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda 2019-yilning 22-dekabrida bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga umumxalq saylovlarida iştirok etişlari uçun özgartirildi.
Bundan közlangan maqsad talaba-yoşlar özlari yaşab turgan hududdan turib saylovlarda iştirok etişi hamda uzluksiz dam olişlari uçun imkoniyat yaratişdir.
Toşkent şahridagi talabalar turar joylarida 89 mingdan ziyod yoşlar istiqomat qiladi. Muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik köriş va xavfsizlik nuqtai nazaridan 2019-yil 21-dekabr kuni barça talabalar turar joylari yopiladi.
Bunda guruh rahbarlari talabalar turar joyida istiqomat qiladigan har bir talaba bilan muloqotda bölgan holda ularning qişki taʼtilni mazmunli ötkazişlarida kömaklaşadi.
Yangi yil va saylov munosabati bilan avia va temir yöl çiptalariga talabning ortişi hamda boşqa uzrli sabablarga köra doimiy yaşaş manziliga ketişga keçikadigan talabalarga şaroit yaratiladi.
Talabalar turar joyida heç kim sababsiz çiqarib yuborilmaydi!"
👉 @xushnudbek 👈

