Talabalarga 19-dekabrdan qişki taʼtil berilmaydi

Matn6-dekabr, 2018, 19:142 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Talabalarga 19-dekabrdan qişki taʼtil berilmaydi, har qanday xabarga işonib ketavermang!

Feyk (yolğon) xabarlarning eng keng tarqalgan usuli bu avvalgi yillardagi xabarlarni qayta eʼlon qiliş. Hoooov öşa, 2014-yildagi xabarni olişadida, 2018-yil qayta tarqatişadi. Har yili önlab şunaqa xabarlarga duç kelamiz.

Kuni-keça ana şunday xabarlardan yana biri tarqaldi: nima emiş, talabalarga 19-dekabrdan 3-yanvargaça taʼtil berilarmiş. Çunki 21-dekabrda böladigan parlament saylovlarida talabalar öz viloyatida ovoz berişi kerakmiş...

Şunga endi talabalar orasida şov-şuv, vahima kötarilganmiş. «Şu rostmi» deb bir-biridan sörab yurişganmiş 🙈 Özimga ham juda köpçilik talabalar yozdi.

Tovbaaaa, baraka topgurlar, mundoq bir mantiqiy tahlil qilişni, maʼlumotlarni mustaqil tekşirişni, yolğon xabarlarga immunitet hosil qilişni örgansak yomon bölmasdi.

Birinçidan, bu 2014-yildagi xabar. Öşa paytdagi saylovda şunaqa taʼtil berilgandi.

Ikkinçidan, joriy yilda Oliy Majlisga saylovlar bölmaydi. Mayli, balki Oliy Majlisga qaçon saylov bölişini, deputatlar neça yilga saylanişini bilmassiz (aslida buni har bir Özbekiston fuqarosi yaxşi bilişi kerak), lekin biror joyda, na TVda, na internetda "saylov böladi", degan yozuvlarga közingiz tuşmayaptiku, şundan ham özingiz uçun xulosa qilsangiz böladiku.

Uçinçidan, heç bölmasa 21-dekabr haftaning qaysi kuniga töğri kelişini bir tekşirib qöying. 1 daqiqa ham vaqtingiz ketmaydi. Saylovlar yakşanba kuni ötkaziladi, juma kuni emas. Ammo buni ham bilmaydiganlar köp, töğri.

Odamlarimiz juda sodda va biroz dangasa. Biror maʼlumotni özini qiynab mustaqil tekşirgandan köra, tinçgina unga işonib qöyavergan yaxşi, deb biladiganlar ham yöq emas.

Ayrim muttaham va ğalamislar esa (ularni qanday ataşni bilmadim) odamlarning ana şunday soddaligidan foydalaniş uçun har qanday yolğon maʼlumotni tarqatişdan uyalişmaydi. Yoki öyin bilib, yoki şunçaki özgalarni ahmoq qilib mazza qilişsa kerakda. Xudo insof bersin hammaga.

Xullas, 19-dekabrda uyimga ketarkanman deb, bilet-milet olib yurmang tağin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek