Talabalar uçun taʼtil haqidagi xabarlar feyk bölib çiqdi
❗️Feyk xabarlarga işonmang
Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar 25-oktabrdan 3 haftalik taʼtilga çiqişi haqidagi yolğon xabarlar tarqalgan.
Uşbu xabar feyk, yaʼni yolğon bölib, heç qanday asosga ega emas. Şu munosabat bilan Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tarmoq foydalanuvçilarini bundan xabarlarga işonmaslikka çaqiradi.
Zamonaviy talaba degani, kim nima desa işonib ketaveradigan laqma degani emas. Ozgina aqlni işlatişni, xabarlarni tekşirişni bilişi kerak. Lekin ming afsuski, haligaça oldidan çiqqan har qanday xabarga çippa-çin işonib, hovliqqanidan boşqalarni ham şunga işontirişga urinadiganlar köp topiladi. Bundan esa ğaraz niyatli, iflos insonlar osongina foydalanadi.
Iltimos, firibgar va yolğonçilarga ölja bölmang. Telegramdan nimaiki xabar öqisangiz işonib ketavermang. Sodda bölmang!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2



