Öqişni imtihonsiz köçiriş haqidagi xabarlar yolğon

Foto8-yanvar, 2022, 20:451 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Eski xabarlarga işonmang!

Qöşni davlatlardan öqişni imtihonsiz köçirişga ruxsat berildi, degan şirin yolğonni bu yil ham yana tarqatişmoqda. Bu yolğonga işonişni çin dildan xohlaydiganlar ham ançagina, şu sababli ular bu xabarni bir-biriga tarqatib, mazza qilişmoqda.

Nima ham derdim, oldidan çiqqan har qanaqa xabarga işonib ketaveradigan,
tekşirib körişni bilmaydigan sodda insonlar bor ekan mana şunaqa yolğon xabarlarni tarqatadiganlar ham bölaveradi. Siz özingizni bu kabi yolğonlardan saqlamas ekansiz, sizni özgalar himoya qilmaydi.

Aytgança, qöşni davlatlardan imtihonsiz öqişni köçiriş aksiyasi faqat bir marta — 2020-yil ayni pandemiya boşlangan davrda eʼlon qilingan edi. Boşqa bunaqa bölmasa kerak (bölmasin ham). Lekin kimlardir bundan manfaatdormi, kim bilsin, ötgan yili ham, bu yil ham şu eski xabarni tarqatişdan çarçaşmayapti.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2513
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek